Samsung MW3100H Микроволновая печь с Грилем, с режимом Eco, 23 л. User Manual

Page of 168
O'zbek - 29
04
  PECHDAN FOYDALANISH
Quyidagi jadvalda Mening idishim dasturlari, porsiya miqdorlari va tegishli ko'rsatmalar 
keltirilgan. Ushbu dasturlar faqat mikroto'lqin quvvati hisobiga ishlaydi.
Kod/Taom
Porsiya 
hajmi
Ko'rsatmalar
1
Sovutilgan 
tayyor taom
300-350 g
400-450 g
Taomni keramik patnisga joylashtiring va 
ustini oziq-ovqat plyonkasi bilan yoping. 
Ushbu dastur tarkibi 3 ta komponentdan 
iborat taomlar uchun tavsiya etiladi (masalan, 
qaylali go'sht; kartoshka, guruch yoki 
makarondan iborat garnirli sabzavotlar). 
2-3 daqiqa kuting.
2
Sovutilgan 
vegetarian taom
300-350 g
400-450 g
Taomni keramik patnisga joylashtiring va 
ustini oziq-ovqat plyonkasi bilan yoping. Bu 
dastur 2 ta komponentdan tashkil topuvchi 
(masalan, spagetti bilan sous yoki guruch 
bilan sabzavotlar) taomlarni tayyorlash uchun 
mosdir. 2-3 daqiqa kuting.
AKSESSUARLARNI TANLASH
Mikroto'lqinli pechdan foydalanish uchun xavfsiz bo'lgan 
anjomlardan foydalaning; plastmassa sig'imlar, tarelkalar, qog'oz 
kosachalar, sochiq kabilardan foydalanmang.
Agar birlgalikda tayyorlash rejimini (gril va mikroto'lqinlar) 
tanlamoqchi bo'lsangiz, faqat mikroto'lqinli pechda ham, oddiy 
isitish shkafida ham foydalanish mumkin bo'lgan anjomlardan 
foydalaning.
Mikroto'lqinli pechda foydalanish uchun yaroqli bo'lgan idishlar to'g'risida 
qo'shimcha ma'lumotlar olish uchun 31-sahifagi "Idishlarni tanlash bo'yicha 
yo'riqnoma" bo'limiga qarang.
GRIL REJIMIDA TAYYORLASH
Gril sizga taomlarni mikroto'lqinlardan foydalanmasdan tezda isitish va qizartirishingizga 
imkon beradi. 
Shu maqsadda gril panjarasi mikroto'lqinli pech bilan birgalikda beriladi.
1.  Гриль (Gril) tugmasini bosish va Doiraviy shkalani burash 
orqali dastlabki qizdirish haroratini o'rnatish orqali grilni talab 
qilingan haroratgacha qizdirib oling.
2.  СТАРТ/+30сек (START/+30son) tugmasini bosing.
3.  Qizdirib olgandan keyin eshikni oching va taomni panjaraga 
joylashtiring. 
Eshikni yoping.
4.  Гриль (Gril) tugmasini bosing.
Natija: 
Displeyda quyidagi ma'lumotlar namoyish qilinadi:
5.  Doiraviy shkalani burash orqali grilda tayyorlash vaqtini 
o'rnating. 
Grilda tayyorlashning maksimal vaqti 60 daqiqa.
6.  СТАРТ/+30сек (START/+30son) tugmasini bosing.
Natija: 
Grilda tayyorlash boshlanadi. Tayyorlash 
yakunlangandan keyin.
1)  Pech to'rt marta tovushli signal beradi.
2)  Ovqat tayyorlash jarayoni yakunlanganini 
eslatuvchi tovushli signal 3 marta (bir daqiqa 
intervali bilan) beriladi.
3)  Displey yana joriy vaqtni ko'rsatadi.
Grilda tayyorlash vaqtida isitgich yonib o'chsa xavotir olmang. 
Bu tizim pechning ortiqcha qizib ketishini oldini olish uchun mo'ljallangan.
Pechdagi anjomlariga tegayotganda doimo pech qo'lqoplardan foydalaning, chunki 
ular juda issiq bo'ladi.
MG23H3115NK_BW_DE68-04240C-01_UZ.indd   29
2014-07-17     2:06:35