Samsung ME731KR-S Manual Do Utilizador

Página de 96
8
O'ZBEK
Pechda o’z-o’zini tozalashni o’tkazishdan avval uning ichidan begona 
buyumlarni olib qo’yish kerak. O’z-o’zini tozalash jarayonida pech ichida 
tozalash bo’yicha yo’riqnomada ko’rsatilgan oshxona asbob-anjomlari bo’lishi 
mumkin (faqat o’z-o’zini tozalash funksiyasiga ega bo’lgan modellar uchun).
O’rnatgandan keyin qurilmani elektr manbaidan uzishga harakat 
qiling. Qurilmani uzish uchun uni shunday o'rnatish kerakki, elektr 
manbaiga ulash kabeli vilkasidan foydalanish oson bo’lsin. Yana elektr 
o’tkazgichlarini o’tkazish qoidalariga muvofiq statsionar o’tkazgichga 
vklyuchatel o’rnatish ham mumkin (faqat sozlanuvchi modellar)
Hafvli holatlarni oldini olish uchun, zararlangan elektr kabelni almashtirish 
kabel ishlab chiqaruvchisi, servis xizmati xodimi yoki boshqa malakali 
mutaxassis tomonidan amalga oshirilishi lozim.
 
DIQQAT
Faqat mikroto’lqinli pechlarga mos keluvchi idishlardan foydalaning. 
Metalldan yasalgan konteynerlar, oltin yoki kumush qoplangan oshxona 
idishlari, shampurlar, vilkalar kabilardan FOYDALANMANG. O’ralgan 
o’tkazgichni qog’oz yoki plastik qadog’idan oling. Sabab: elektr yoyi yoki 
uchqun hosil bo'lishi, bu esa pechning shikastlanishiga olib kelishi mumkin.
Plastik yoki qog’oz konteynerdagi taomlarni isitganda pechni kuzatib 
turing, chunki yong’in chiqish xavfi mavjud.
Qog’oz yoki kiyimlarni quritish uchun mikroto’lqinli pechdan 
foydalanmang.
Katta miqdordagi taomlarni isitishda taomning ortiqcha isib ketishi yoki 
buzilishini oldini olish uchun vaqtni qisqartiring.
Agar tutun paydo bo’lsa, qurilmani o’chiring yoki uni elektr tarmog'idan 
uzing va olovni ushlab turish uchun eshikni yopiq holda qoldiring.
Pechni muntazam ravishda tozalab turish hamda uning ichidagi taom 
qoldiqlarini olib tashlash kerak.
Elektr manbaiga ulash kabeli va vilkasiga suv tegishiga yo'l qo'ymang va 
kabelni qizdirilgan buyumlar va issiqlik manbalaridan uzoqroq joylashtiring.
Butun tuxum va qotirib pishirilgan tuxumni mikroto’lqinli pechda isitib 
bo’lmaydi, chunki ular hattoki isitish jarayoni tugagandan keyin ham 
mikroto’lqinli pech ichida portlab ketishlari mumkin. Germetik yopilgan butilka, 
banka, konteynerlar, butun yong’oq, pomidor kabilarni isitish mumkin emas.
Havo almashish tirqishlarini mato yoki qog’oz bilan yopib qo’ymang. 
Ushbu materiallar pechdan chiqayotgan issiq havo ta’sirida yonib ketishlari 
mumkin. Pech ortiqcha qizib ketishi va avtomatik o’chib qolishi mumkin. 
Uni sovigandan keyingina yoqish mumkin.
Tasodifiy kuyishning oldini olish uchun idishlarni pechdan olishda albatta 
qo’lqoplardan foydalaning.
Ular sovumagunicha qizdirish elementlari yoki pechning ichki devorlariga 
tegmang.
Suyuqlikni isitish vaqtida va undan keyin aralashtiring. Kuchli qaynashning 
oldini olish uchun pech o’chganidan keyin 20 soniya kuting.
Eshikchani ochganda issiq havo yoki bug'dan kuyib qolishning oldini olish 
uchun pechdan uzatilgan qo’l masofasida turish kerak.
Bo'sh mikroto’lqinli pechni yoqmang. Xavfiszlikni ta’minlash maqsadida 
mikroto’lqinli pech 30 daqiqadan keyin avtomatik ravishda o’chadi. Pech 
tasodifan yoqilgan hollarda mikroto’lqinlarni yutishi uchun uning ichiga bir 
stakan suvni joylashtirish tavsiya qilinadi.
Mikroto’lqinli pechning shishali eshikchasini tozalash uchun abraziv 
materiallar, kimyoviy faol moddalar yoki o'tkir metall qirg'ichlardan 
foydalanmang, chunki ular shisha yuzasini tirnab qo'yishlari, bu esa 
oynada darzlar paydo bo'lishiga olib kelishi mumkin.
Pechni o’rnatishda qo’llanmada ko’rsatilgan devorgacha bo’lgan masofani 
ta’minlash kerak ("Mikroto’lqinli pechni o’rnatish" bo’limiga qarang).
Boshqa ekektr jihozlarini pechga yaqin joylashgan rozetkalarga ulashda 
ehtiyot choralariga amal qiling.
USHBU MASHINANI TO’G’RI CHIQITGA CHIQARISH 
(ISHLATILGAN ELEKTR VA ELEKTRONIKA JIHOZI)
(Chiqindilarni ajratgan holda yig'ish tizimiga ega bo'lgan mamlakatlarga tegishli)
Mahsulot, aksessuarlar yoki bosma nashrlardagi ushbu markirovka ushbu mahsulot va 
uning elektron yordamchi qurilmalarining (masalan, zaryadlash qurilmasi, naushniklar, 
USB kabeli) xizmat muddatlarini o’tab bo’lganlaridan keyin boshqa maishiy chiqindilar 
bilan birgalikda chiqitga chiqarib bo’lmasligini ko’rsatadi. Keraksiz buyumlarni nazoratsiz 
tarzda chiqitga chiqarish tufayli atrof-muhitga yoki odamlarning salomatliklariga 
yetkazilishi mumkin bo’lgan zararlarning oldini olish uchun ko’rsatilgan elementlarni 
tashlab yuborilayotgan qurilmaning boshqa qismlaridan ajratib oling va moddiy 
resurslardan oqilona tarzda takroran foydalanishga ko’maklashish uchun ulardan qayta 
foydalaning.
Uyda foydalanuvchilar ekologik jihatdan xavfsiz tarzda qayta foydalanish uchun ushbu 
qurilmalarni qayerda va qanday topshirish mumkinligi to’g’risida ma’lumotlar olish uchun 
o’zlari ushbu mahsulotni xarid qilgan chakana sotuvchiga yoki mahalliy hokimiyat ofi siga 
murojaat qilishlari kerak.
Biznes bilan shug’ullanuvchi foydalanuvchilar o’zlarining ta’minotchilari bilan bog’lanishlari 
va xarid shartnomasi qoidalari va shartlari bilan tanishishlari kerak. Ushbu mahsulot 
va uning elektron aksessuarlarini tashlab yuboriladigan boshqa tij oriy chiqindilar bilan 
birgalikda chiqitga chiqarmaslik kerak.
ME731KR,ME732KR,ME733KR_BWT_DE68-03893L-04_UZ.indd   8
2014-07-17     3:39:08