Samsung ME731KR-S Manual Do Utilizador

Página de 96
10
O'ZBEK
MUAMMO VA SHUBHALAR PAYDO BO'LGANDA NIMA 
QILISH KERAK
Quyidagi muammolar paydo bo'lganida aytilgan yechimlardan foydalaning.
Bu normal holatdir.
•  
Pechning ichki devorlarida kondensatning borligi.
•  Eshikcha yoki tashqi qoplam atrofidagi havo oqimi.
•  Eshikcha yoki tashqi qoplam atrofidagi yorug'lik shu'lalari.
•  Eshikcha perimetri bo‘ylab yoki ventilyatsiya tirqishlaridan chiqayotgan 
bug‘.
СТАРТ (Start) ( ) tugmachasini bosganda pech yoqilmayapti.
•  
Eshikcha qattiq yopilganini tekshiring.
Taom umuman tayyorlanmayapti.
•  
Taymer to'g'ri o'rnatilganini va СТАРТ (Start) ( ) tugmachasi 
bosilganligini tekshiring.
•  Eshikcha qattiq yopilganini tekshiring.
•  Elektr tarmog‘idagi yuklama oshirib yuborilmaganini, eruvchan saqlagich 
kuymaganligin, yoki himoya avotmatining ishlab ketmaganini tekshiring.
Taom haddan tashqari pishib ketgan yoki yaxshi pishmagan.
•  
Taomning ushbu turi uchun tayyorlanish vaqti to‘g‘ri tanlanganligini 
tekshiring.
•  Taomning ushbu turi uchun quvvatning tegishli darajasi tanlanganligini 
tekshiring.
Pechda uchqunlanish va qarsillash kuzatilmoqda.
•  
Metall bezagi bor idishdan foydalanmayotganligizni tekshiring.
•  Pechka ichida vilka yoki boshqa metall predmeti qoldirmaganingizni 
tekshiring.
•  Alyuminiy folga ichki devorlarga juda yaqin turmaganligini tekshiring.
Pech radio yoki televizorlarning ishida shovqin hosil qilyapti.
•  
Pech ishlayotgan paytda televizor yoki radioning ishida kuchsiz 
shovqinlar kuzatilishi mumkin. Bu normal holatdir. Bunday muammoning 
oldini olish uchun pechni televizorlar, radiolar yoki antennalardan 
uzoqroqda o‘rnating.
•  Agar pech mikroprotsessori shovqinlarga ta’sirchan bo‘lsa, unda 
displeydagi ko‘rsatkichlar tashlab yuborilishi mumkin. Bu muammoni hal 
qilish uchun tarmoq shnuri vilkasini rozetkadan uzing, keyin uni qaytadan 
rozetkaga tiqing. Vaqtni yangidan belgilang.
Agar yuqoridagi ko’rsatmalar yordamidamuammoni hal qilib bo’lmasa, 
Samsung kompaniyasining mijozlarga xizmat ko’rsatish bo’yicha 
mahalliy markaziga murojaat qiling.
TAOM TAYYORLASH VA ISITISH
Taomni tayyorlash vaisitish jarayoni quyida bayon qilinadi. 
Pechni qarovsiz qoldirishdan avval parametrlarini ALBATTA tekshiring.
Mahsulotlarni aylanuvchi patnisning markaziga qo’ying va eshikchani 
yoping.
1.  СВЧ (Mikroto'lqinlar) tugmachasini bosing.
Natija: 
 displeyda quvvatning maksimal darajasi 
800 Vt ko'rsatiladi. 
СВЧ (Mikroto'lqinlar) tugmachasini 
quvvatning kerakli darajasini tanlaguningizgacha bosib 
turing. Darajalar jadvali keyingi betda joylashgan.
2.  Tayyorlash vaqtini 10 мин (Daq)1 мин (Daq) va 
10 сек (Soniya) tugmalarini bosib o'rnating.
3.  СТАРТ (Start) (
) tugmachasini bosing.
Natija: 
 pechkada chiroq yonadi va patnis 
aylana boshlaydi. 
Pech taom tayyorlash jarayoni 
boshlaydi, u nihoyasiga yetishi bilan pech to'rt marta 
tovush signalini beradi.
Hech qachon bo'sh mikroto'lqinli pechni ishlatmang.
ME731KR,ME732KR,ME733KR_BWT_DE68-03893L-04_UZ.indd   10
2014-07-17     3:39:09