Samsung ME731KR-S Manual Do Utilizador

Página de 96
9
O'ZBEK
MIKROTO’LQINLI PECHNI O’RNATISH
Pechni poldan 85 sm balandlikda yassi tekis yuzaga o’rnating. Yuza 
mikroto'lqinli pechning og'irligini ko'tara olishi lozim.
1.  Pechni o'rnatishda yetarli ventilyatsiya 
yetkazilayotganligini tekshiring. Buning uchun 
pechning orqasida 10 sm va tepasida 20 sm joy 
qoldiring.
2.  Pechning ichidagi barcha o’rama materiallarni chiqarib 
oling. 
Rolikli taglik va aylanuvchi patnisni o’rnating. 
Patnis erkin aylanayotganligini tekshiring.
3.  Mikroto‘lqinli pech shunday o‘rnatilishi kerakki, tarmoq shnuri vilkasiga 
erkin yetishi lozim.
Agar elektr kabeli shikastlangan bo‘lsa, uni maxsus kabelga yoki ishlab 
chiqaruvchi firma yoki uning vakili tomonidan xarid qilinishi mumkin bo‘lgan 
elektr tarmog’iga ulanish to‘plamiga almashtirish zarur.  
Xavfsizlikni ta’minlash uchun elektr kabeli vilkasini faqat 230 V, 50 Gts 
o‘zgaruvchan tok tarmog‘ining yerga tutashtirilgan 3 kontaktli 
rozetkasiga ulang. Agar tarmoq shnuri shikastlangan bo'lsa, uni 
maxsus shnurga almashtirish zarur.
Mikroto‘lqinli pechni issiq yoki nam joyga, masalan, oddiy oshxona plitasi 
yoki isitish radiatori yoniga o‘rnatmang. Elektr quvvati manbaining 
parametrlari usbu jihozning spetsifikatsiyasida belgilangan talablariga 
qat'iy to'g'ri kelishi lozim. Pechdan birinchi marta foydalanishdan avval 
ichki devorlarni va eshikcha zichlagichini yumshoq latta bilan arting.
VAQTNI BELGILASH
Ushbu mikroto’lqinli pech ichki qurilgan soat bilan jihozlangan. Pech elektr 
tarmoqqa ulanganda, displeyda avtomatik ravishda «12:00» yozuvi paydo 
bo'ladi.
Joriy vaqtni o’rnating. Vaqtni 24-soat yoki 12-soat formatda ko'rsatish 
mumkin. Soatni quyidagi holatladra sozlash lozim:
•  mikroto‘lqinli pechni o‘rnatishda va tarmoqqa birinchi marta 
ulanishda;
•  elektr toki tarmog'ida uzilishlar bo’lgandan keyin.
Vaqtni yozgi va qishgi vaqtga o'zgartirishni unutmang.
1.  Vaqt namoyish bo'lishi uchun...
24 soatli formatda
12 soatli formatda
Часы (Soat) tugmachasini bir yoki ikki marta bosing
2.  Soatni Ч tugmachasi yordamida va daqiqani МИН 
tugmachasi yordamida o'rnating.
3.  Aniq vaqtni o'rnatgandan so'ng soatni yurgizish 
uchun Часы (Soat) tugmachasini bosing.
Natija: 
 mikroto'lqinli pech o'chirilganida joriy vaqt 
displeyda ko'rsatiladi.
Orqadan 
10 sm
Yuqoridan 
20 sm
yondan 
10 sm
pol ustidan 
85 sm
ME731KR,ME732KR,ME733KR_BWT_DE68-03893L-04_UZ.indd   9
2014-07-17     3:39:09