Справочник Пользователя для Samsung MW5100H Микроволновая печь с Конвекцией, Технология SLIM FRY, 28 л.

Скачать
Страница из 192
O'zbek - 22
ACHITQILI XAMIR / YOGURT XUSUSIYATLARIDAN 
FOYDALANISH
5 ta Xamir/Yogurt funksiyalari dasturlashtirilgan tayyorlash vaqtlarini o'z ichiga oladi. 
Tayyorlash vaqti yoki quvvat darajasini o'rnatishingiz shart emas. 
Siz Ферментация (Xamir/Yogurt) tugmasini bosgandan keyin Funksiyalarni tanlash 
doiraviy shkalasini burash orqali xamir/yogurt toifasini o'zgartirishingiz mumkin.
Avval tayyorlanayotgan taomni aylanuvchi patnisning markaziga qo'ying va eshikchani yoping.
1.  Ферментация (Xamir/Yogurt) tugmasini bosing.
2.  Xamir yoki Yogurtni tanlang va Funksiyalarni tanlash doiraviy 
shkalasini bosing. 
1) Xamir 
2) Yogurt
3.  Funksiyalarni tanlash doiraviy shkalasini buragan holda 
tayyorlanayotgan taom turini tanlang. Siz Funksiyalarni tanlash 
doiraviy shkalasini burash orqali tayyorlamoqchi bo'lgan 
raqamingizni tanlashingiz kerak. 
Turli avvaldan dasturlangan sozlanmalarning bayonini ko'rish 
uchun keyingi sahifadagi jadvalga qarang. Shu vaqtda taom 
turini tanlash uchun Funksiyalarni tanlash doiraviy shkalasini 
bosing.
4.  СТАРТ/+30 сек (START/+30 son) tugmasini bosing.
Aylanuvchi patnis yogurtni tayyorlash paytida ishlamaydi.
Quyidagi jadvalda achitqili xamirni ko'pchirish yoki uy yogurtini tayyorlash uchun 
avtomatik dasturdan qanday foydalanish ko'rsatib beriladi.
1. Xamir
Kod/Taom
Porsiya hajmi
Ko'rsatmalar
1-1
Pitstsa xamiri
300-500 g
Xamirni mos idishga soling va quyi taglikka 
o'rnating. Alyumin folga bilan yoping.
1-2
Tort xamiri
500-800 g
Xamirni mos idishga soling va quyi taglikka 
o'rnating. Alyumin folga bilan yoping.
1-3
Non xamiri
600-900 g
Xamirni mos idishga soling va quyi taglikka 
o'rnating. Alyumin folga bilan yoping.
2. Uyda tayyorlanadigan yogurt
Kod/Taom
Porsiya hajmi
Ko'rsatmalar
2-1
Kichkina 
piyolalar
500 g
150 g tabiiy yogurtni 5 ta sopol kosachalar yoki 
kichkina shisha bankalarga tekis taqsimlang (har 
biri 30 g). Har bir kosachaga 100 ml sut qo'shing. 
Uzoq vaqt saqlanuvchi sutdan foydalaning 
(xona haroratidagi; yog'liligi 3,5 %). Har birini 
oziq-ovqatlar uchun mo'ljallangan plyonka bilan 
yoping va aylanuvchi patnisga joylashtiring. 
Tugallagandan keyin 6 soat muzlatgichga qo'ying.
Ilk marta tayyorlaganda quruq yogurt 
bakteriyalaridan foydalanishni tavsiya qilamiz.
2-2
Katta miska
500 g
150 g tabiiy yogurtni 500 ml uzoq vaqt 
saqlanuvchi sut bilan aralashtiring (xona 
haroratidagi; yog'liligi 3,5 %). Katta shisha 
miskaga tekis quying. Oziq-ovqatlar uchun 
mo'ljallangan plyonka bilan yoping va aylanuvchi 
patnisga joylashtiring. Tugallagandan keyin 6 soat 
muzlatgichga qo'ying.
Ilk marta tayyorlaganda quruq yogurt 
bakteriyalaridan foydalanishni tavsiya qilamiz.
MC28H5135CK_BW_DE68-04245S-01_UZ.indd   22
2014-07-11     5:18:12