Справочник Пользователя для Samsung MW5100H Микроволновая печь с Конвекцией, Технология SLIM FRY, 28 л.

Скачать
Страница из 192
O'zbek - 24
RUS TAOMLARI FUNKSIYASIDAN FOYDALANISH
Rus taomlari xususiyatlari 60 ta avvaldan dasturlangan tayyorlash vaqtlariga ega. 
Tayyorlash vaqtlari yoki quvvat darajalarini o'rnatishingiz shart emas.
Faqat mikroto'lqinli pechda foydalanish uchun xavfsiz bo'lgan qabul qiluvchilardan 
foydalaning.
Eshikni oching. Tayyorlanayotgan taomni aylanuvchi patnisning markaziga qo'ying. 
Eshikchani yoping.
1.  Русская кухня (Rus taomlari) tugmasini bosing.
2.  Taom turini tanlang va Funksiyalarni tanlash doiraviy 
shkalasini bosing.
3.  Funksiyalarni tanlash doiraviy shkalasini buragan holda 
taom turini tanlang. Avvaldan dasturlashtirilgan turli qizdirish 
rejimlarining bayoni keyingi sahifadagi jadvalda keltirilgan.
4.  СТАРТ/+30 сек (START/+30 son) tugmasini bosing.
Natija: 
Taom avvaldan dasturlashtirilgan parametrlarga 
muvofiq tayyorlanadi.
•  Tayyorlash nihoyasiga yetishi bilan pech 
tovushli signal beradi va "End (Tamom)" 4 marta 
miltillaydi. Keyin pech har daqiqada bir marta 
tovushli signal beradi.
Quyidagi jadvalda 60 ta Rus taomlari dasturlari uchun porsiya miqdorlari va tegishli 
tavsiyalar keltirilgan.
Taomni qalin qo'lqopdan foydalangan holda oling.
1. Nonushta
Kod/Taom
Masalliqlar / Ko'rsatmalar
1-1
Suli yormasi
Quruq rus suli yormasi (Gerkules) - 50 g, shakar - 5 g, tuz - 0,5 g, 
qaynatilgan suv - 200 ml, sovuq sut - 150 ml
Yormani katta chuqur tarelkaga soling, shakar va tuz qo'shing. Qaynagan 
suv, sut qo'shing va yaxshilab aralashtiring. Tayyorlashni boshlang. 
Tayyorlagandan keyin sariyog', tuz, shakar qo'shing.
1-2
Grechixa bo'tqasi
Grechixa bo'tqasi - 100 g, tuz - 2 g, qaynagan suv - 300 ml
Grechixa bo'tqasini chuqur kosaga seping va tuz qo'shing. Qaynagan suv 
qo'shing va yaxshilab aralashtiring. Tayyorlashni boshlang. Tayyorlagandan 
keyin sariyog', tuz, shakar qo'shing.
1-3
Pishloqli tostlar
Tost uchun non - 2 bo'lak (26-28 g/bo'lak), pishloq - 2 bo'lak (20 g/bo'lak)
Ikkita tostni yuqori taglikka qo'ying. Tayyorlashni boshlang. Pech tovushli 
signal berganida tostlarni ag'daring va ularning ustiga pishloq bo'laklarini 
qo'ying. Va tayyorlash jarayonini davom ettiring.
1-4
Tuxum-pashot
Tuxum - 1 dona, suv - 300 ml, sirka 9% - 10-15 ml
Suvli va sirkali kosani mikroto'lqinli pechga joylashtiring. Suvni qaynash 
darajasigacha olib boring. Tovushli signaldan ekyin suvli va sirkali kosani 
pechdan oling. Vilka bilan suvni markazida voronka paydo bo'ladigan 
tarzda aralashtirgan holda unga po'sti archilgan tuxumni soling. Tayyorlash 
jarayonini davom ettiring.
1-5
Konservalangan 
losos va qaynoq 
mayonezli non
Non - 2 bo'lak (22 g/bo'lak), konservalangan losos - 60 g (30 g/bo'lak), 
mayonez - 36 g (18 g/bo'lak), ko'k piyoz (maydalangan) – 2-5 g
Ikki bo'lak nonni yuqori taglikka qo'ying. Tayyorlashni boshlang. Pech 
tovushli signal berganida tostlarni oling. Va ularning ustiga konservalangan 
losos va mayonezni qo'ying. Tayyorlash jarayonini davom ettiring. Ustidan 
maydalangan piyoz bilan bezang.
1-6
Konservalangan 
no'xotli sosiskalar
Sosiskalar - 2 dona (50 g/dona), yog' - 5 g, konservalangan no'xot - 135 g 
(suyuqliksiz)
Sanchigan sosiskalarni plastik qopqoqsiz tarelkaga qo'ying va sariyog' 
qo'shing. Yog' ustidan konservalangan no'xotni joylashtiring. Tayyorlashni 
boshlang.
MC28H5135CK_BW_DE68-04245S-01_UZ.indd   24
2014-07-11     5:18:13