Справочник Пользователя для Samsung MW5100H Микроволновая печь с Конвекцией, Технология SLIM FRY, 28 л.

Скачать
Страница из 192
O'zbek - 23
04
  PECHDAN FOYDALANISH
AVTOMATIK TARZDA MUZDAN TUSHIRISH 
FUNKSIYALARIDAN FOYDALANISH
Avtomatik tarzda muzdan tushirish funksiyalari go'sht, parranda go'shti, baliq, non 
mahsulotlari, tort va mevani muzdan tushirishga imkon beradi. Muzdan tushirish vaqti va quvvat 
darajasi avtomatik ravishda o'rnatiladi. Dastur va mahsulotlar og'irligini tanlashning o'zi yetarli.
Faqat mikroto'lqinli pechda foydalanish uchun xavfsiz bo'lgan idishlardan foydalaning.
Eshikni oching. Tayyorlanayotgan sopol idishdagi muzlatilgan taomni aylanuvchi patnisning 
markaziga qo'ying. Eshikchani yoping.
1.  Быстрая разморозка (Avtomatik tarzda muzdan tushirish) 
tugmasini bosing.
2.  Funksiyalarni tanlash doiraviy shkalasini buragan holda 
tayyorlanayotgan taom turini tanlang. Avvaldan dasturlashtirilgan 
turli qizdirish rejimlarining bayoni keyingi sahifadagi jadvalda 
keltirilgan. Shu vaqtda taom turini tanlash uchun Funksiyalarni 
tanlash doiraviy shkalasini bosing.
3.  Funksiyalarni tanlash doiraviy shkalasini buragan holda 
porsiya miqdorini tanlang.
4.  СТАРТ/+30 сек (START/+30 son) tugmasini bosing.
Natija: 
•  Mahsulotlarning muzdan tushishi boshlanadi.
•  Muzdan tushirish vaqtining yarmi o'tganda, 
pech mahsulotlarni ag'darish kerakligini eslatgan 
holda tovushli signallar beradi.
5.  Muzdan tushirish jarayonini yakunlash uchun yana 
СТАРТ/+30 сек (START/+30 son) tugmasini bosing.
Natija: 
Tayyorlash nihoyasiga yetishi bilan pech tovushli 
signal beradi va "End (Tamom)" 4 marta miltillaydi. 
Keyin pech har daqiqada bir marta tovushli signal 
beradi.
Quyida keltirilgan jadvalda tezlashtirilgan Avtomatik tarzda muzdan tushirish rejimining 
turli dasturlari, mahsulot hajmi va tegishli tavsiyalar keltirilgan. Muzdan tushirishdan avval har 
qanday o'rama materiallarni olib tashlash kerak.
Muzlatilgan go'sht, tovuq yoki baliqni yassi shisha yoki sopol idishga, non, tort va mevani esa – 
oshxona qog'oziga joylashtiring.
Kod/Taom
Porsiya hajmi
Ko'rsatmalar
1
Go'sht
200-1500 g
Chetlarini alyuminiy folga bilan yoping. Pech tovushli signal 
berganida go'shtni aylantiring. Ushbu dastur mol go'shti, 
qo'y go'shti, cho'chqa go'shti, bifshtekslar, to'qmoqlangan 
go'sht, qiymani muzdan tushirish uchun mo'ljallangan. 
20-90 daqiqa kuting.
2
Parranda go'shti
200-1500 g
Oyoqlari va qanotlarining uchini alyuminiy folga bilan yoping. 
Pech tovushli signal berganida parranda go'shtini aylantiring. 
Siz tovuqni ham butunligicha, ham bo'laklar ko'rinishida 
muzdan tushirishingiz mumkin. 20-90 daqiqa kuting.
3
Baliq
200-1500 g
Butun baliqning dumini alyuminiy folga bilan yoping. Pech 
tovushli signal berganida baliqni aylantiring. Ushbu dastur 
baliqni ham butunligicha, ham baliq filesining bo'laklari 
ko'rinishida muzdan tushirish uchun mo'ljallangan.  
20-80 daqiqa kuting.
4
Non/Pirog
125-1000 g
Nonni oshxona qog'ozi bo'lagiga joylashtiring va tovushli 
signal bo'lishi bilan ag'daring. Pirogni sopol idishga 
joylashtiring va imkoni boricha tovushli signal bo'lishi bilan 
ag'daring. (Pech ishlashda davom etadi va eshikcha ochilishi 
bilan to'xtaydi).
Bu dastur barcha turdagi kesilgan yoki butun nonlar hamda 
bulochkalar va fransuz batonlari uchun mos keladi. Aylana 
shaklda joylashtiring.
Bu dastur barcha turdagi achitqili pishiriqlar, biskvitlar, 
tvorogli pudding, qatlamli xamirdan qilingan mahsulotlar 
uchun mos keladi. U yog'li pishiriqlar, mevali tortlar va kremli 
tortlar hamda shokolad qiyomli tortlar uchun to'g'ri kelmaydi. 
10-60 daqiqa kuting.
5
Meva
100-600 g
Mevalarni yassi shisha idishga bir tekis qilib joylashtiring.
Bu dastur barcha turdagi mevalar uchun mos keladi. 
5-20 daqiqa kuting.
MC28H5135CK_BW_DE68-04245S-01_UZ.indd   23
2014-07-11     5:18:12