Samsung RF24 Холодильник с диспенсером для приготовления газированной воды, 495 л User Manual

Page of 188
MUAMMO
YECHIM
Muzlatgich 
ichidan suv 
pufakchalarining 
ovozi eshitilsa.
•  Bu normal holat.
Pufakchalarning ovozi muzlatgich bo‘ylab aylanib yuruvchi sovitish kimyoviy 
moddasidan keladi.
Muzlatgichdan 
yomon hid 
kelsa.
•  Buzilgan taomlar yo'qligini tekshiring.
•  Kuchli hidlarga ega bo'lgan taomlar (masalan, baliq) mahkam o'ralgan 
bo'lishi kerak.
•  Vaqti-vaqti bilan muzxonani tozalab turing hamda har qanday aynigan va 
shubhali oziq-ovqat mahsulotlarini tashlab yuboring.
Muzxona 
devorlarida 
qirov paydo 
bo‘lsa.
•  Havo teshiklari yopilib qolganmi? Havo erkin aylanishi uchun barcha uning 
yo'lini to'suvchi narsalarni olib tashlang.
•  Havo yaxshi aylanishi uchun oziq-ovqatlar orasida yetarlicha joy qoldiring.
•  Muzxona tortmasi to‘g‘ri yopilganmi?
Suv uzatgich 
ishlamayapti.
•  Suv quvuri ulanganmi? Undagi qulflaydigan klapan ochiqmi?
•  Suv ta'minoti trubkasi ezilib qolmagan yoki bukilmaganmi?
•  Trubkaning bo'sh va to'siqlarga ega emasligiga ishonch hosil qiling.
•  Muzlatish kamerasidagi harorat o'ta past bo'lgani uchun suv idishi muzlab 
qoldimi?
Raqamli displey panelida issiqroq haroratni tanlashga urinib ko'ring.
•  Boshqaruvni qulflash yoqilganmi?
Avtomatik 
yopish tizimi 
muzxona 
eshigi uchun 
ishlamaydi.
•  Eshikning o'ng va chap tomonlari o'rtasida nomuvozanatlik mavjud emasmi?
•  Eshikni 1~2 marta erkin ochib-yoping.
Buni qilganingizdan keyin avtomatik yopish tizimi odatda yana to'g'ri ishlab ketadi.
•  Eshikning chap va o'ng tomonlari muvozanati buzilishining oldini olish uchun 
eshikni tekis ochishga harakat qiling. 
Gazlangan suv 
taqsimlanmayapti.
•  Suv quvuri ulanganmi? Undagi qulflaydigan klapan ochiqmi?
•  Gazlangan suv tavsirchasi tanlanganmi?
•  Sparkling Water Production (Gazlangan suv hosil qilish) funksiyasi yoqilganmi?
Gazlangan suv hosil qilishni yoqish uchun Sparkling Water (Gazlangan suv) 
tugmasini 3 soniya bosib turing.
Sparkling Water Production (Gazlangan suv hosil qilish) funksiyasi zavodda 
OFF (O'chirish) ga o'rnatiladi.
Gazlangan suv olish uchun uni ON (Yoqish) ga o'rnating.
•  Gazlangan suv tasvirchasi miltillayaptimi?
Agar gazlangan suv tasvirchasi miltillayapgan bo'lsa, bu muzlatgich 
gazlangan suv hosil qilish jarayonini bajarayotganligini bildiradi.
Iltimos, tasvircha miltillashdan to'xtashini kuting.
•  Gazlangan suv silindri bo'shmi?
Agar SodaStream karbonator CO
2
 ni ishlatib bo'lsa, suv taqsimlanmasligi 
yoki taqsimlangan suv kuchsiz bo'lishi mumkin.
Iltimos, silindrni almashtiring.
•  Muzlatgich eshigi ochiqmi?
Agar eshik ochiq bo'lsa, gazlangan suv/suv/muz taqsimlanmaydi.
•  Silindr dastagi qulfanmaganmi?
Iltimos, silindr qopqog'ini oching va silindr dastagini qulflang.
•  Boshqaruvni qulflash yoqilganmi?
O'zbekcha - 59
NOSO
ZLIKLARNI TUZA
TISH
DA68-03022F-07.indb   59
DA68-03022F-07.indb   59
2017. 2. 7.   
 4:37
2017. 2. 7.   
 4:37