Samsung WW9000H Стиральная Машина, Технология Auto Optimal Wash, 10 кг User Manual

Page of 224
O’zbek - 3
XA
VFSIZLIK BO'YICHA MA'L
UMO
TLAR
Xavfsizlik bo'yicha ma'lumotlar
Yangi Samsung kir yuvish mashinasini xarid qilganingiz bilan tabriklaymiz. Ushbu qo'llanmada kir yuvish mashinangizni o'rnatish, undan 
foydalanish va uni tegishli tarzda saqlash bo'yicha muhim ma'lumotlar beriladi. Iltimos, kir yuvish mashinangizning ko'pgina afzalliklari 
va imkoniyatlaridan to'liq darajada foydalanish uchun ushbu qo'llanmani o'qib chiqing.
Texnika xavfsizligi ko'rsatmalari to'g'risida muhim ma'lumotlar
Iltimos, ushbu yangi kir yuvish mashinangizning ko'pgina imkoniyatlari va funksiyalarini xavfsiz va samarali tarzda boshqarishni 
bilishingizga ishonch hosil qilishingiz uchun ushbu qo'llanmani diqqat bulan o'qib chiqing. Sizga keyinchalik kerak bo'lishi mumkin 
bo'lgan ma'lumotlarni qidirishda undan foydalanish uchun ushbu qo'llanmani mashinaga yaqin bo'lgan xavfsiz joyda saqlang. Ushbu 
mashinadan faqat ushbu qo'llanmada bayon qilingan maqsadlardagina foydalaning. 
Ushbu qo'llanmadagi ogohlantiruvchi xabarlar va xavfsizlik bo'yicha muhim ko'rsatmalar bo'lishi mumkin bo'lgan barcha holatlar va 
vaziyatlarni qamrab olmaydi. Mashinani o'rnatish, unga texnik xizmat ko'rsatish va undan foydalanishda siz sog'lom fikr bilan ish 
ko'rishingiz, texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilishingiz va mashinani tegishli qarov bilan ta'minlashingiz kerak.
Bu yerda bayon qilingan foydalanish bo'yicha ko'rsatmalar turli mashina modellariga taalluqli bo'lganligi uchun kir yuvish 
mashinangizning xususiyatlari ushbu qo'llanmada keltirilgan xususiyatlardan bir oz farq qilishi va barcha ogohlantiruvchi belgilar ham 
sizning mashinangizga tegishli bo'lmasligi mumkin. Agar sizda qandaydir savollar yoki muammolar bo'lsa, sizga eng yaqin bo'lgan 
xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling yoki onlayn rejimida www.samsung.com saytidan tavsiyalar yoki ma'lumotlar toping.
Muhim xavfsizlik belgilari
Ushbu foydalanuvchi qo'llanmasida foydalaniladigan belgilar va ramzlar quyidagi 
ma'nolarni bildiradi:
OGOHLANTIRISH: Ehtiyotsizlik bilan muomala qilish yoki ehtiyot choralariga amal qilmaslik jiddiy jarohat olish, o'lim va/
yoki mulklarning zararlanishiga olib kelishi mumkin.
DIQQAT: Ehtiyotsizlik bilan muomala qilish yoki ehtiyot choralariga amal qilmaslik jarohat olish va/yoki mulklarning 
zararlanishiga olib kelishi mumkin.
IZOH
Ushbu ogohlantiruvchi belgilar Sizni va boshqalarning shikastlanishlarini oldini olish uchun bu yerda keltirilgan.
Iltimos, ularga qat'iy amal qiling.
Ushbu qo'llanmani o'qib chiqqandan keyin sizga keyinchalik kerak bo'lishi mumkin bo'lgan ma'lumotlarni qidirish uchun uni 
ishonchli joyda saqlang.
Ushbu mashinadan foydalanishdan avval barcha ko'rsatmalarni o'qib chiqing.
Ushbu mashina elektr toki va harakatlanuvchi detallardan foydalanganligi uchun ehtimoliy xatarlar mavjud. Ushbu mashina bilan xavfsiz 
tarzda ishlash uchun uning qanday ishlashi bilan tanishib chiqing va undan foydalanganda xavfsizlik choralariga amal qiling.
Untitled-7   3
2016-02-04     5:05:49