Samsung WW9000H Стиральная Машина, Технология Auto Optimal Wash, 10 кг User Manual

Page of 224
O’zbek - 4
Texnika xavfsizligi bo'yicha muhim choralar
 OGOHLANTIRISH: Yong'in chiqishi, elektr toki urishi yoki jarohat olish xavfini kamaytirish uchun kir yuvish 
mashinasidan foydalanganda quyidagi asosiy ehtiyot choralariga amal qiling:
1.  Agar bolalar nazorat ostida bo'lmasalar yoki ularga xavfsizlik uchun javobgar shaxs 
tomonidan ushbu qurilmadan foydalanish to'g'risida avvaldan ko'rsatmalar berilmagan 
bo'lsa, bu qurilmadan jismoniy yoki aqliy qobiliyatlari cheklangan yoki bilimi va tajribasi 
yetarli bo'lmagan shaxslar (jumladan bolalar) foydalanishlari mumkin emas.
2.  Yevropada foydalanish uchun: Agar ular nazorat ostida bo'lsalar yoki ularga ushbu 
mashinadan xavfsiz tarzda foydalanish to'g'risida ko'rsatmalar berilsa va ular bo'lishi 
mumkin bo'lgan xatarlarni anglab yetsalar, bu kir yuvish mashinasidan 8 yoshdan 
katta bolalar va jismoniy yoki aqliy qobiliyatlari cheklangan yoki bilimi va tajribasi yetarli 
bo'lmagan shaxslar ham foydalanishlari mumkin. Bolalar ushbu kir yuvish mashinasi 
bilan o'ynamasliklari kerak. Tozalash va texnik xizmat ko'rsatish nazoratsiz tarzda bolalar 
tomonidan amalga oshirilmasligi kerak.
3.  Ularning mashina bilan o'ynamasliklariga ishonch hosil qilish uchun bolalarni kuzatib turing.
4.  Agar elektr manbaiga ulash kabeli shikastlangan bo'lsa, xatarlarning oldini olish uchun 
u ishlab chiqaruvchi, uning xizmat ko'rsatish agenti yoki malakali shaxslar tomonidan 
almashtirilishi kerak.
5.  Qurilma bilan birga berilgan yangi shlanglar to'plamidan foydalanilishi va eski shlanglar 
to'plamidan qayta foydalanilmasligi lozim.
6.  Asosida havo almashtirilishi uchun tirqishlari bo'lgan qurilmalarda gilam ushbu tirqishlarni 
to'sib qo'ymasligi kerak.
7.  Yevropada foydalanish uchun: Uzluksiz nazorat ostida bo‘lmasa, 3 yoshdan kichik 
bolalarni yaqinlashtirmang.
8.  DIQQAT: Issiqlik o'chirgichining tasodifiy qayta o'rnatilishi tufayli yetadigan zararlarning 
oldini olish uchun qurilma taymer singari tashqi o'chirib-yoqish qurimasi orqali elektr toki 
bilan ta'minlanmasligi yoki xizmat ko'rsatuvchilar tomonidan muntazam ravishda o'chirib-
yoqiluvchi zanjirga ulanmasligi kerak.
Untitled-7   4
2016-02-04     5:05:49