Samsung WW9000H Стиральная Машина, Технология Auto Optimal Wash, 10 кг User Manual

Page of 224
O’zbek - 8
 DIQQAT: Foydalanishga oid OGOHLANTIRUVCHI MA'LUMOTLAR
Kir yuvish mashinasi kir yuvish vositasi, kirlar, ovqat qoldiqlari kabi begona buyumlar bilan ifloslangan hollarda elektr manbaiga ulash 
vilkasini rozetkadan uzing va nam, yumshoq latta bilan kir yuvish mashinasini tozalang.
•  Ushbu talabga amal qilmaslik ranglarning o'chishi, deformatsiyalanish, mashinaning ishdan chiqishi yoki zanglashga olib kelishi 
mumkin.
Kuchli zarba ta'sirida old oyna sinishi mumkin. Kir yuvish mashinasidan foydalanganda ehtiyot bo'ling.
•  Oynaning sinishi jarohat olishga olib kelishi mumkin.
Suv quyish to'xtatilgandan keyin yoki suv quyish shlangini qaytadan ulashda kranni asta-sekinlik bilan oching.
Agar uzoq vaqt davomida mashinadan foydalanilmagan bo'lsa, kranni asta-sekinlik bilan oching.
•  Suv quyish shlangi yoki vodoporvod trubasidagi havo bosimi mahsulot qismlarini shikastlashi yoki suvning oqib chiqishiga sabab 
bo'lishi mumkin.
Agar kir yuvish mashinasini ishlatish vaqtiga suv chiqishi xatoligi sodir bo'lsa, suv chiqarish tizimi bilan bog'liq muammoning 
mavjudligini tekshiring.
•  Agar kir yuvish mashinasidan suv chiqarish tizimi muammosi tufayli suvga ko'milgan holda foydalanilsa, bu elektr toki urishi yoki 
yong'inga sabab bo'lishi mumkin.
Yuviladigan kirlarni ular kir yuvish mashinasining eshigiga turib qolmaydigan tarzda to'laligicha kir yuvish mashinasining ichiga 
joylashtiring.
•  Agar yuviladigan kir mashina eshigiga tiqilib qolsa, u shikastlanishi, kir yuvish mashinasi ishdan chiqishi yoki suvning chiqib ketishi 
sodir bo'lishi mumkin.
Kir yuvish mashinasidan foydalanilmayotgan vaqtda kranni yopib qo'ying.
Suv quyish shlangi ulovchisidagi vintlarning tegishlicha mahkamlanganligiga ishonch hosil qiling.
•  Ushbu talabga amal qilmaslik mulklarning shikastlanishi yoki jarohatlanishiga olib kelishi mumkin.
Rezina zichlagich va old eshik oynasida begona narsalarning (masalan, mato parchalari, iplar, soch va hokazo) yo'qligiga ishonch hosil 
qiling.
•  Agar begona buyumlar eshikka tiqilib qolsa yoki eshik mahkam yopilmasa, bu suvning oqib chiqishiga sabab bo'lishi mumkin.
Mashinadan foydalanishdan avval kranni oching va suv quyish shlangi ulovchisining mahkam biriktirilganligi va suvning oqib 
chiqmasligini tekshiring.
•  Agar suv quyish shlangi ulovchisi vintlari bo'shab qolgan bo'lsa, bu suvning oqib chiqishiga sabab bo'lishi mumkin.
Siz xarid qilgan kir yuvish mashinasi faqat uyda foydalanish uchun mo'ljallangan.
Kir yuvish mashinasidan biznes maqsadlarida foydalanish mashinadan noto'g'ri foydalanish hisoblanadi. Bunday hollarda kir yuvish 
mashinasiga nisbatan Samsung tomonidan beriladigan kafolat qo'llanilmaydi va bunday noto'g'ri foydalanish natijasidagi nosozliklar yoki 
shikastlanishlar uchun javobgarlikni Samsung zimmasiga yuklab bo'lmaydi. 
Kir yuvish mashinasining ustiga chiqmang yoki kir yuvish mashinasi ustiga buyumlarni (yuviladigan kirlar, yoqilgan shamlar, yoqilgan 
sigaretalar, kimyoviy moddalar, metall buyumlar kabilar) qo'ymang.
•  Bu elektr toki urishi, yong'in chiqishi, mahsulotning ishlashi bilan bog'liq muammolar yoki jarohatlanishlarga olib kelishi mumkin.
Kir yuvish mashinasi sirtiga insektitsidlar kabi tez bug'lanuvchi materiallarni sepmang.
•  Odam uchun xavfli bo'lish bilan bir paytda bu elektr toki urishi, yong'in chiqishi yoki mahsulotning ishlashi bilan bog'liq 
muammolarga olib kelishi mumkin.
Kir yuvish mashinasi yaqiniga elektromagnit maydonlar hosil qiluvchi buyumlarni joylashtirmang.
•  Bu noto'g'ri ishlash tufayli shikastlanishga olib kelishi mumkin.
Untitled-7   8
2016-02-04     5:05:50