Samsung WW9000H Стиральная Машина, Технология Auto Optimal Wash, 10 кг User Manual

Page of 224
O’zbek - 17
O'RNA
TISH
Qo'shimcha issiq suv kirish tirqishiga ega bo'lgan modellar uchun:
1.  Suv ta'minoti shlangining qizil rangli uchini kir yuvish mashinasining orqa panelidagi 
issiq suv kiritish klapaniga ulang.
2.  Issiq suv ta'minoti shlangining boshqa uchini issiq suv kraniga ulang.
Akva shlangi (faqat qo'llaniladigan modellar)
Akva shlangi foydalanuvchilarni suv oqib chiqishi xatari to'g'risida ogohlantiradi. U suv 
oqishini sezadi va suv oqib chiqishi yuz bergan hollarda (A) indikatorining markazida qizil 
yonadi.
A
5-QADAM - Suv chiqarish shlangini joylashtirish
Suv chiqarish shlangini uch xil usulda joylashtirish mumkin:
Rakovina yon devori orqali
Suv chiqarish shlangi poldan 60 smdan 90 smgacha (*) balandda joylashtirilishi kerak. 
Suv chiqarish shlangi og'zini bukilgan holda bo'lishi uchun mahsulot bilan birga berilgan 
(A) plastik shlang yo'naltirgichidan foydalaning. Barqaror suv chiqarishni ta'minlash 
uchun halqadan foydalangan holda yo'naltirgichni devorga mahkamlang.
A
Rakovina suv chiqarish trubasida
Shlangning uchi pol yuzasidan kamida 60 sm balandlikda bo'lishi uchun suv chiqarish trubasi rakovina suv chiqarish sifonidan yuqorida 
joylashgan bo'lishi kerak.
Suv chiqarish trubasida
Suv chiqarish trubasi 60 smdan 90 smgacha (*) balandlikda bo'lishi kerak. 65 sm 
balandlikdagi vertikal trubadan foydalanish tavsiya qilinadi. Suv chiqarish shlangining 
trubaga qiyalagan holda ulanganligiga ishonch hosil qiling.
Suv chiqarish bosimli trubasiga bo'lgan talablar:
•  Minimal diametri 5 sm
•  Eng kam suv o'tkazish sig'imi daqiqasiga 60 litr
6-QADAM – Kir yuvish mashinasini yoqish
Elektr manbaiga ulash kabelini devordagi saqlagich yoki avtomatik o'chirish bilan himoyalangan 220-240 V / 50 Gzli ruxsat berilgan 
rozetkaga ulang. Kir yuvish mashinasini yoqish uchun Quvvat tugmasini bosing.
Untitled-7   17
2016-02-04     5:05:52