Samsung MS22M8074AT User Manual

Page of 144
O'zbek  3
Xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatmalar
XAVFSIZLIK BO'YICHA MUHIM KO'RSATMALAR
DIQQAT BILAN O'QIB CHIQING VA KEYINCHALIK FOYDALANISH UCHUN 
SAQLAB QO'YING.
OGOHLANTIRISH: Agar eshikcha yoki eshikcha zichlagichlari shikastlangan 
bo'lsa, pechni vakolatli shaxs tomonidan ta'mirlanmagunicha ishlatmaslik kerak.
OGOHLANTIRISH: Mikroto'lqin quvvatlarining ta'siridan himoya qiluvchi 
qopqoqni ochish bilan bog'liq xizmat ko'rsatish yoki ta'mirlash vakolatli shaxs 
tomonidan bajarilishi kerak, chunki bu zararlidir.
OGOHLANTIRISH: Suyuqlik va boshqa taomlar mahkam yopilgan idishlarda 
isitilmasligi kerak, chunki ular portlab ketishi mumkin.
OGOHLANTIRISH: Bolalarga pechdan qarovsiz foydalanishlariga faqat bola 
pechdan xavfsiz ravishda foydalana oladigan va noto'g'ri foydalanish xavfliligini 
tushunganda kerakli ko'rsatmalar berilgandan keyingina ruxsat bering.
Bu qurilma faqat ro‘zg‘orda ishlatishga mo‘ljallangan, uni quyidagi joylarda 
ishlatmang:
•  do‘kon, idora yoki boshqa ishxonalarda xodimlar oshxonasida;
•  og‘ilxonalarda;
•  mehmonxona va boshqa yashash joylarida mijozlar tomonidan;
•  to‘shak va nonushta turidagi mehmonxonalarda.
Faqat mikroto'lqinli pechlarda foydalanish uchun xavfsiz bo'lgan idishlardan 
foydalaning.
Plastik yoki qog'oz idishlardagi taomlarni isitganda yonib ketish xavfi mavjudligi 
tufayli ehtiyot bo'ling.
Mikroto‘lqin yordamida pishirishda taom va ichimliklarni metall idishlarga solish 
mumkin emas.
Bu mikroto'lqinli pech taomlar va ichimliklarni isitish uchun mo'ljallangan. 
Taomlar yoki kiyimlarni quritish va yostiqchalar, shippaklar, gubkalar, nam 
kiyimlar kabilarni isitish jarohat olish, uchqun chiqishi yoki yong'in xavfining 
vujudga kelishiga olib kelishi mumkin.
Tutun chiqsa, qurilmani o'chiring yoki elektr tarmog'iga ulash kabelini 
rozetkadan sug'uring va har qanday alangani o'chirish uchun eshikchani ochib 
qo'ying.
Ichimliklarni mikroto'lqin yordamida isitish natijasida qaynab, otilib ketishi 
mumkin, shuning uchun idishlarni ushlashda ehtiyot bo'lish lozim.
Ovqatlantirish uchun butilka va bolalar ozuqalari uchun bankalarning 
ichidagilarni aralashtirish yoki silkitish hamda kuyishning oldini olish uchun 
iste'mol qilishdan avval haroratini tekshirib ko'rish kerak.
Butun tuxum va qotirib pishirilgan tuxumni mikroto'lqinli pechda isitib 
bo'lmaydi, chunki ular hattoki isitish jarayoni tugagandan keyin ham 
mikroto'lqinli pech ichida portlab ketishi mumkin.
Pechni muntazam ravishda tozalab turish va har qanday taom qoldiqlarini olib 
tashlash lozim.
Pechni toza holatda saqlamaslik uning sirtining buzilishiga olib kelishi mumkin, 
bu esa qurilmaning xizmat qilish muddatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi va xavfli 
holatlarga olib kelishi mumkin.
Mikroto'lqinli pech pechtaxta ustida yoki alohida foydalanish uchun 
mo'ljallangan, pech shkaf ichiga o'rnatilmasligi kerak.
Xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatmalar
Untitled-1   3
2017-03-28     12:18:03