Samsung MS22M8074AT User Manual

Page of 144
Xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatmalar
6  O'zbek
Xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatmalar
Mikroto‘lqinli pechga oid ehtiyot choralari
Faqat mikroto‘lqinda ishlatish mumkin bo‘lgan idish-tovoq ishlating. Metall idishlar, oltin yoki kumush qoplangan oshxona 
idishlari, shampurlar kabilardan foydalanmang. 
O‘ralgan simlarni olib tashlang. Uchqun chiqishi mumkin.
Qog‘oz yoki kiyimlarni quritish uchun pechdan foydalanmang.
Oz miqdordagi taomlarni isitishda taomning ortiqcha isib yoki kuyb ketmasligi uchun vaqtni qisqartiring.
Elektr shnuri va vilkasini suv hamda issiqlik manbalarida uzoqda tuting.
Yorilmasligi uchun xom tuxum yoki qaynatilgan tuxumlarni isitmang. Zich yopilgan yoki vakuumdagi idishlar, yong‘oq, 
pomidor va hokazolarni isitmang.
Havo almashish tirqishlarini mato yoki qog'oz bilan yopib qo'ymang. Yong‘in chiqish xavfi vujudga keladi. Pech ortiqcha 
qizib ketishi va avtomatik tarzda o‘chishi mumkin va u yetarli darajada soviginicha o'chiq holda qoladi.
Idishlarni olayotgan doim pech qo‘lqoplaridan foydalaning.
Suyuqlikni isitish vaqtida va undan keyin aralashtiring va kuchli qaynashning oldini olish uchun pech o'chganidan keyin 
kamida 20 soniya kuting.
Eshikchani ochganda issiq havo yoki bug'dan kuyib qolishning oldini olish uchun pechdan uzatilgan qo'l masofasida 
turish kerak.
Bo‘sh pechni yoqmang. Xavfsizlikni ta’minlash maqsadida pech 30 daqiqadan keyin avtomatik ravishda o‘chadi. Pech 
tasodifan yoqilgan hollarda mikroto‘lqinlarni yutishi uchun uning ichiga bir stakan suv qo‘yib qo‘yish tavsiya qilinadi.
Pechni o‘rnatishda bu qo‘llanmada ko‘rsatilgan oraliqlarga rioya eting. ("Mikroto‘lqinli pechni o‘rnatish" bo‘limiga qarang.)
Boshqa elektr jihozlarini pechga yaqin joylashgan rozetkalarga ulashda ehtiyot choralariga amal qiling.
Mikroto‘lqinga oid ehtiyot choralari
Quyidagi ehtiyot choralariga amal qilmaslik mikroto'lqinli nurlanishning organizmingizga zararli ta'siriga olib kelishi 
mumkin.
• 
Pechni eshigi ochiq turgan holatda ishlatmang. Blokirovkalash kontaktlarini (eshikcha qulfini) buzmang. 
Blokirovkalash kontaktlarining tirqishlariga hech narsa tiqmang.
• 
Pech eshikchasi va old panel orasiga hech qanday buyum qo‘ymang, zichlovchi yuzalarda ovqat qoldiqlari yoki 
tozalash vositalarining cho'kindilari to'planishiga yo'l qo'ymang. Pechdan har gal foydalangandan so'ng eshikcha va 
uning zichlovchi yuzasini oldin ho'l, keyin esa yumshoq quruq latta bilan artgan holda, tozalikda saqlang.
• 
Pech shikastlangan bo‘lsa, uni ishlatmang. Malakali mutaxassis tomonidan ta’mirlanganidan so‘nggina ishlating. 
Muhim: pech eshigi to‘g‘ri yopilishi kerak. Eshik egilmasligi kerak; eshik ilgaklari singan yoki bo‘shab qolgan 
bo‘lmasligi kerak; eshik zichlagichlari va zichlovchi yuzalari shikastlanmasligi kerak.
• 
Barcha sozlash va ta’mirlash ishlari malakali mutaxassis tomonidan bajarilishi lozim.
Untitled-1   6
2017-03-28     12:18:03