Samsung WW6100K, Стиральная машина с функцией Steam Wash, 8 кг Manuale Utente

Pagina di 168
O'zbek  45 
Nosozliklarni bartaraf qilish
Muammo
Amal
Suvni chiqarib tashlamayapti 
va/yoki aylantirmayapti.
•  Suv chiqarish shlangining suv chiqarish tizimigacha tekislanganligiga ishonch hosil 
qiling. Oqava ketmayotgan bo‘lsa, texnik xizmatni chaqiring.
•  Chiqindi filtrining to'lib qolmaganligiga ishonch hosil qiling.
•  Eshigini yopib, СТАРТ/ПАУЗА (BOSHLASH/PAUZA) tugmasini bosib turing. Sizning 
xavfsizligingizni ta’minlash maqsadida, mashina eshigi yopilmagunicha u aylanishni 
boshlamaydi.
•  Oqava shlangi muzlab yoki tiqilib qolmagan bo‘lsin.
•  Oqava shlangi tiqilib qolmagan, oqava tizimiga ulangan bo‘lsin.
•  Kir yuvish mashinasiga yetarlicha tok kelmasa, u vaqtinchalik suvni chiqarib 
tashlamaydi yoki aylantirmaydi. Mashinaga yetarli tok kelishi bilan odatdagidek ishlay 
boshlaydi.
Eshigi ochilmayapti.
•  Kir yuvish mashinasini to‘xtatish uchun СТАРТ/ПАУЗА (BOSHLASH/PAUZA) tugmasini 
bosing.
•  Eshik qulfi mexanizmi bo‘shatilgunicha bir necha soniya o‘tishi mumkin.
•  Kir yuvish mashinasi to'xtaganidan yoki o'chirilganidan keyin, 3 daqiqagacha eshik 
ochilmaydi.
•  Barabandagi suv to‘liq chiqib ketganiga amin bo‘ling.
•  Barabanda suv qolsa, eshigi ochilmasligi mumkin. Barabandagi suvni chiqarib tashlang 
va eshikni qo‘lda oching.
•  Eshik qulfining chirog'i o'chiqligiga amin bo'ling. Mashinaning suvi chiqarib 
yuborilganidan keyin eshik qulfi chirog‘i o‘chadi.
Ortiqcha mag`zava bor.
•  Tavsiya qilingan kir yuvish vositasi turlaridan foydalanayotganligingizga ishonch hosil 
qiling.
•  Mag‘zava ko‘payib ketmasligi uchun yuqori samarali (HE) vositadan foydalaning.
•  Suv yumshoq bo‘lsa, kirlar kam bo‘lsa yoki kuchsiz kirlangan bo‘lsa, kir yuvish vositasi 
miqdorini kamaytiring.
•  Yuqori samarali (HE) bo‘lmagan vositadan foydalanish tavsiya etilmaydi.
Qo‘shimcha kir yuvish 
vositasini qo‘sha 
olmayapman.
•  Kir yuvish vositasi va yumshatkichning qolgan miqdori me’yordan oshib ketmasin.
Untitled-4   45
2016-11-11     12:49:52