Samsung WW6100K, Стиральная машина с функцией Steam Wash, 8 кг Manuale Utente

Pagina di 168
O'zbek  47 
Nosozliklarni bartaraf qilish
Muammo
Amal
Hid chiqaryapti.
•  Chuqurliklarda mag‘zava to‘planib, noxush hid chiqarishi mumkin.
•  Vaqti-vaqti bilan dezinfeksiya qilish uchun tozalash sikllarini ishlating.
•  Eshik zichlagichini (pardadevorini) tozalang.
•  Sikl tugaganidan keyin mashina ichini quriting.
Pufak ko‘rinmayapti (faqat 
Bubbleshot modellarida).
•  Kirlar ko‘p bo‘lsa, pufaklarni to‘sib qo‘yishi mumkin.
•  O‘ta kirlangan bo‘lsa, pufak hosil bo‘lmasligi mumkin.
Agar muammoni bartaraf qilib bo'lmasa, mahalliy Samsung xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling.
Axborot kodlari
Agar kir yuvish mashinasi noto'g'ri ishlasa, ekranda axborot kodini ko'rish mumkin. Quyidagi jadvalga qarang va tavsiyalarni 
sinab ko'ring.
Kod
Amal
4C
Suv kelmayapti.
•  Suv kranlari ochilganligiga ishonch hosil qiling.
•  Suv shlanglari tiqilib qolmasin.
•  Suv kranlari muzlab qolgan bo‘lmasin.
•  Kir yuvish mashinasining yetarli suv bosimi bilan ishlayotganiga ishonch hosil qiling.
•  Sovuq va issiq suv kranlari to‘g‘ri ulangan bo‘lsin.
•  To'rli filtrni tozalang, chunki u tiqilib qolgan bo'lishi mumkin.
4C2
•  Sovuq suv keladigan shlang sovuq suv kraniga mahkam ulanganiga ishonch hosil 
qiling. Agar issiq suvga ulab qo‘yilgan bo‘lsa, ba’zi sikllarda kirlarning shakli buzilishi 
mumkin.
5C
Suv chiqib ketmayapti.
•  Oqava shlangi muzlab yoki tiqilib qolmagan bo‘lsin.
•  Oqava shlangi ulanish turiga qarab to‘g‘ri o‘rnatilganiga ishonch hosil qiling.
•  Chiqindi filtrini tozalang, chunki u tiqilib qolgan bo'lishi mumkin.
•  Suv chiqarish shlangining suv chiqarish tizimigacha tekislanganligiga ishonch hosil 
qiling.
•  Axborot kodi yo‘qolmasa, mijozlarga xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qiling.
dC
Mashina eshigi ochiq holda ishlatilmoqda.
•  Eshikning to'g'ri yopilganligiga ishonch hosil qiling.
•  Eshikda kirlarning qisilib qolmaganligiga ishonch hosil qiling.
Untitled-4   47
2016-11-11     12:49:52