Samsung WW6100K, Стиральная машина с функцией Steam Wash, 8 кг Manuale Utente

Pagina di 168
Nosozliklarni bartaraf qilish
O'zbek
46 
Nosozliklarni bartaraf qilish
Muammo
Amal
To‘xtab qolmoqda.
•  Elektr shnurini ishlayotgan rozetkaga tiqing.
•  Saqlagichni tekshiring yoki avtomatni qayta yoqing.
•  Mashinani ishga tushirish uchun eshigini yopib, СТАРТ/ПАУЗА (BOSHLASH/PAUZA) 
tugmasini bosib turing. Sizning xavfsizligingizni ta’minlash maqsadida, mashina eshigi 
yopilmagunicha u aylanishni boshlamaydi.
•  Suvga to‘lishidan oldin mashina eshik qulfini tekshirish uchun chiqillaydi va suvlarni 
tezda chiqarib tashlaydi.
•  Siklda pauza yoki ivitish vaqti bo‘lishi mumkin. Biroz kutib tursangiz, mashina ishni 
boshlashi mumkin.
•  Suv kraniga ulangan shlanglardagi to‘rli filtr tiqilib qolmagan bo‘lsin. To‘rli filtrni 
muntazam tozalab turing.
•  Kir yuvish mashinasiga yetarlicha tok kelmasa, u vaqtinchalik suvni chiqarib 
tashlamaydi yoki aylantirmaydi. Mashinaga yetarli tok kelishi bilan odatdagidek ishlay 
boshlaydi.
Noto‘g‘ri haroratdagi suv 
bilan to‘lmoqda.
•  Har ikkala kranni oxirigacha oching.
•  Harorat to‘g‘ri tanlanganiga ishonch hosil qiling.
•  Shlanglar tegishli kranlarga ulangan bo‘lsin. Suv tizimiga og‘irlik tushirmoqda.
•  Suvni isitkich kamida 120 °F (49 °C) issiq suvni beradigan qilib qo‘yilgan bo‘lsin. Suvni 
isitkich sig‘imi va tiklash tezligini ham tekshiring.
•  Shlanglarni chiqarib olib, to‘rli filtrni tozalang. To‘rli filtr tiqilib qolgan bo‘lishi mumkin.
•  Mashina suvga to‘layotganida, suv harorati o‘zgarishi mumkin, chunki haroratni 
avtomatik tekshirish xususiyati kelayotgan suv haroratini o‘lchab turadi. Bu oddiy 
holdir.
•  Sovuq yoki issiq harorat tanlanganida, mashina suvga to‘layotganida, faqatgina qaynoq 
va/yoki faqatgina sovuq suv taqsimlagichdan o‘tayotganligini sezishingiz mumkin. 
Bu haroratni avtomatik boshqarish xususiyatining normal ishlashi bo‘lib, mashina suv 
haroratini aniqlaydi.
Sikl tugaganida, kirlar ho‘l 
qolmoqda.
•  Aylanish tezligini High (Yuqori) yoki Extra High (O‘ta yuqori) qilib tanlang.
•  Mag‘zavani kamaytirish uchun yuqori samarali (HE) vositadan foydalaning.
•  O‘ta kam yuklangan. Kam yuk (bir-ikkita narsa) muvozanat hosil qilmagani uchun to‘liq 
aylanmasligi mumkin.
•  Oqava shlangi bukilib yoki tiqilib qolmagan bo‘lsin.
Suv sizib chiqmoqda.
•  Eshikning to'g'ri yopilganligiga ishonch hosil qiling.
•  Shlang ulangan joylari mahkam bo‘lsin.
•  Oqava shlangining uchi oqava tizimiga to‘g‘ri tiqilgan va mahkamlangan bo‘lsin.
•  Yukni haddan tashqari ko‘paytirib yubormang.
•  Mag‘zava ko‘payib ketmasligi uchun yuqori samarali (HE) vositadan foydalaning.
Untitled-4   46
2016-11-11     12:49:52