Samsung RT7000K Верхняя морозильная камера с Системой двойного охлаждения, 618 л Manual Do Utilizador

Página de 132
Texnika xavfsizligi bo‘yicha ma‘lumotlar
O'zbek
Texnika xavfsizligi bo‘yicha ma‘lumotlar
•  Muzlatgich kameraning ichki devorlariga yoki muzlatgich kameraga joylashtirilgan mahsulotlarga 
nam qo'llaringiz bilan tegmang.
-  Bu sovuq urishga olib kelishi mumkin.
•  Suv to'ldirilgan idishni muzlatgich ustiga qo'ymang.
-  Agar suv to'kilib ketsa, elektr tokidan zarba olishingiz yoki yong'in chiqishiga sabab bo'lishi 
mumkin.
•  Uchuvchan yoki yonuvchan buyumlar yoki moddalarni (benzol, suyultirgichlar, propan gazi, spirt, 
efir, suyultirilgan gaz va shunga o'xshash boshqa narsalarni) muzlatgichda saqlamang.
-  Muzlatgich faqat oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash uchun mo‘ljallangan.
-  Bu elektr toki urishi, yong'in yoki portlashga olib kelishi mumkin.
•  Bolalar jihoz bilan o'ynamasligini ta'minlash uchun nazorat ostida bo'lishi lozim.
-  Barmoqlaringizni "qisib qoladigan" joylardan uzoqroq tuting. eshiklar orasidagi bo'sh joylar va 
shkaf ataylab kichik qilingan. Bolalar yaqin atrofda bo'lganda eshikni ochishda ehtiyot bo'ling.
•  Bolalar muzlatgich eshigiga yoki eshik sandiqchasiga osilishiga yo'l qo'ymang. Bunday qilish 
jiddiy jarohatga sabab bo'lishi mumkin.
•  Bolalarning muzlatgich ichiga kirib olishlariga yo'l qo'ymang. Ichida qamalib qolishlari mumkin.
•  Qo'llaringizni moslamaning ostki qismiga tiqmang.
-  O'tkir uchli narsalar shaxsiy jarohatlanishga sabab bo'lishi mumkin.
•  Muzlatgichda farmatsevtika mahsulotlari, ilmiy tadqiqot ashyolari yoki haroratga sezgir 
mahsulotlarni saqlamang.
-  Muayyan harorat nazoratini qat'iy talab qiluvchi mahsulotlarni muzlatgichda saqlamang.
•  Agar ishlab chiqaruvchi tavsiya qilgan bo'lmasa, muzlatkich/muzxona ichiga elektr jihozlarini 
joylashtirmang yoki ulardan foydalanmang.
•  Agar dori yoki tutun hidini sezib qolsangiz, zudlik bilan elektr quvvati vilkasini sug'urib oling va 
Samsung Electronics xizmati markaziga murojaat qiling.
•  Agar muzlatgich ichiga chang yoki suv kirsa, elektr manbasiga ulash kabeli vilkasini rozetkadan 
sug'uring va Samsung Electronics xizmat markaziga murojaat qiling.
-  Aks holda yong'in chiqish xavfi paydo bo'ladi.
•  Bolalarga tortmalari ustiga chiqishga yo'l qo'ymang.
-  Tortmalari sinib ular sirpanib yiqilishlari mumkin.
•  Muzlatgich eshiklarini muzlatgichdan foydalanmayotgan vaqtda ochiq qoldirib ketmang va 
bolalarni uning ichiga kirib olishlariga yo‘l qo‘ymang.
•  Chaqaloqlar va bolalarning tortma ichiga kirib olishlariga yo‘l qo‘ymang.
-  Bu qamalib qolish natijasida bo‘g‘ilib o‘lish yoki tan jarohati olishga sabab bo‘lishi mumkin.
•  Muzlatgichni oziq-ovqat bilan to'ldirib tashlamang.
-  Muzlatgich eshigini ochganingizda uning ichidagi narsalar tushib ketishi va shaxsiy 
jarohatlanishga va/yoki moddiy zararga sabab bo'lishi mumkin.
Untitled-20   8
2016-03-16     3:34:49