Samsung RT7000K Верхняя морозильная камера с Системой двойного охлаждения, 618 л Manual Do Utilizador

Página de 132
O'zbek  9 
Texnika xavfsizligi bo‘yicha ma‘lumotlar
•  Jihoz yuzasiga hasharotlarga qarshi vosita kabi uchuvchan moddalarni sepmang.
-  Insonga zararli hisoblanishi bilan bir qatorda bu vosita elektr toki urishi, yong‘in chiqishiga 
sabab bo‘lishi yoki mahsulot bilan tegishli muammolarni yuzaga keltirishi mumkin.
•  Haroratga nisbatan sezgir bo'lgan moddalar, masalan, yonuvchan aerozollar, yonuvchan 
buyumlar, quruq muz, dori vositalari yoki kimyoviy moddalardan muzlatgich yaqinida 
foydalanmang yoki ularni muzlatgich yaqini yoki ichiga qo'ymang.
•  Muzlatgich ichini quritish maqsadida sochni quritish jihozidan foydalanmang. Yomon hidlarni 
ketkazish uchun muzlatgich ichiga yonib turgan shamni qo'ymang.
-  Bu elektr toki urishi yoki yong'in chiqishiga sabab bo'lishi mumkin.
•  Suv baki, muz patnisi va suv kubiklarini faqat ichimlik suvi (mineral suv yoki tozalangan suv) 
bilan to'ldiring.
-  Suv bakini choy, sharbat yoki sport ichimligi bilan to'ldirmang, bu muzlatkichni shikastlashi 
mumkin.
•  Jihoz ustiga chiqmang yoki (yuvilgan kir, yoqilgan sham, yoqilgan sigaret, idishlar, kimyoviy 
reaktivlar, metall buyumlar singari) narsalarni qo'ymang. Bu tok urishi, yong'in, portlash, 
mahsulot bilan bog'liq muammolar yoki jarohatga sabab bo'lishi mumkin. Suv to'ldirilgan idishni 
qurilma ustiga qo'ymang.
-  Agar suv to'kilib ketsa, elektr tokidan zarba olishingiz yoki yong'in chiqishiga sabab bo'lishi 
mumkin.
•  Muz erishi jarayonini tezlashtirish uchun ishlab chiqaruvchi tavsiya qilganlaridan o'zga mexanik 
qurilmalar va boshqa vositalardan foydalanmang.
•  Sovitish kimyoviy moddasining aylanish sxemasiga zarar yetkazmang.
•  Hech qachon ultrabinafshali elektr diod chirog'iga uzoq vaqt tikilib turmang.
-  Bu ultrabinafsha nurlari sababli ko'zning charchashiga olib kelishi mumkin.
•  Muzxona polkasini teskarisiga qo'ymang. Polka probkasi ishlamasligi mumkin.
-  Bu shisha polkaning tushib ketishi tufayli shaxsning jarohatlanishiga olib kelishi mumkin.
•  Barmoqlaringizni "qisib qoladigan" joylardan uzoqroq tuting. eshiklar orasidagi bo'sh joylar va 
shkaf ataylab kichik qilingan. Bolalar yaqin atrofda bo'lganda eshikni ochishda ehtiyot bo'ling.
•  Gaz chiqishi aniqlangan hollarda har qanday ochiq olov yoki uchqun chiqazuvchi manbalardan 
uzoqlashing va jihoz turgan xonani bir necha daqiqa shamollating.
-  Qurilma yoki elektr kabeliga tugmang.
-  Shamollatgichdan foydalanmang.
-  Uchqun portlash yoki yong‘in chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.
•  Faqat ishlab chiqaruvchi yoki xizmat ko'rsatuvchi xodim bergan LED lampalaridan foydalaning.
•  Shisha idishlari tushib ketmasligi uchun, muzlatgich ichida ular bir-biriga zich joylashtirilishi 
kerak.
•  Ushbu muzlatgich faqat uy muhitida oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash uchungina mo'ljallangan.
Untitled-20   9
2016-03-16     3:34:49