Samsung RT7000K Верхняя морозильная камера с Системой двойного охлаждения, 618 л Manual Do Utilizador

Página de 132
Texnika xavfsizligi bo‘yicha ma‘lumotlar
O'zbek
10 
Texnika xavfsizligi bo‘yicha ma‘lumotlar
•  Muzlatgichni o'zboshimcha tuzatish, qismlarga ajratish yoki o'zgartirish kiritishga harakat 
qilmang.
-  Ruxsat berilmagan o'zgartirishlar xavfsizlik bilan bog'liq muammolarga olib kelishi mumkin. 
Ruxsat berilmagan o'zgartirishlarni qayta tiklash uchun biz ehtiyot qismlar va mehnat haqi 
to'lovini to'liq hajmda olamiz.
•  Standart saqlagichdan boshqa (mis, p'olat sim va h.k.z. singari) saqlagichlardan foydalanmang.
•  Agar muzlatgichingizni tuzatish yoki boshqatdan o'rnatish kerak bo'lsa, yaqin oradagi xizmat 
markaziga murojaat qiling.
-  Ushbu talabga amal qilmaslik elektr toki urishi, yong'in chiqishi, mahsulotning ishlashi bilan 
bog'liq muammolar yoki shikastlanishga olib kelishi mumkin.
•  Agar ichki yoki tashqi LED chiroqlari kuygan bo'lsa, yaqin atrofdagi xizmat markaziga murojaat 
qiling.
•  Agar muzlatgichdan kuygan hid chiqsa yoki tutun paydo bo'lsa uni rozetkadan ajrating va darhol 
hududingizdagi Samsung Electronics xizmat markaziga murojaat qiling.
-  Ushbu talabga rioya qilmaslik elektr quvvatidan zarba olish yoki tan jarohat olish xavfini 
tug‘diradi.
•  Muzlatgichning ichki lampochkasini almashtirishdan oldin elektr quvvati vilkasini rozetkadan 
tortib chiqarib oling.
-  Aks holda elektr tokidan zarba olish xavfi mavjud.
•  Agar siz LED bo'lmagan chiroqni almashtirishda qiyinchilikka duch kelayotgan bo'lsangiz, 
Samsung xizmat markaziga murojaat qiling.
•  Agar mahsulotlar LED lampa bilan jihozlangan bo'lsa, lampa qopqog‘i va LED lampani 
o‘zboshimchalik bilan bo‘shatib olmang.
-  Samsung xizmat markaziga murojaat qiling.
•  Elektr quvvati vilkasini devordagi rozetkaga tiqing.
•  Shikastlangan elektr quvvati vilkasi, elektr kabeli yoki liqillab turgan rozetkadan foydalanmang.
-  Bu elektr toki urishi yoki yong'in chiqishiga sabab bo'lishi mumkin.
Foydalanish bo'yicha ehtiyotkorlik choralari
DIQQAT
•  To'liq erib bo'lgan oziq-ovqat mahsulotlarini qayta muzlatmang. Muzlatkich bo'lmasiga gazlangan 
yoki vijillovchi ichimliklarni qo'ymang. Shisha yoki shisha idishlarni muzlatgich kameraga 
qo'ymang.
-  Shisha ichidagi suyuqlik muzlaganda u chil-chil sinib, shaxsiy jarohat yetkazishi mumkin.
•  Faqat muzlatgich bilan birga berilgan muz tayyorlagichdan foydalaning.
•  Mahsulotdan samarali foydalanish uchun:
-  Oziq-ovqat mahsulotlarini jihozning orqa tarafidagi havo teshiklariga yaqin qo'ymang, chunki 
bu muzlatgich ichida havo bemalol aylanishiga to'sqinlik qilishi mumkin.
Untitled-20   10
2016-03-16     3:34:49