Samsung RT7000K Верхняя морозильная камера с Системой двойного охлаждения, 618 л Manual Do Utilizador

Página de 132
O'zbek  11 
Texnika xavfsizligi bo‘yicha ma‘lumotlar
-  Oziq-ovqat mahsulotlarini muzlatgichga joylashtirishdan avval tegishli tarzda o'rang yoki 
germetik idishlarga soling.
-  Muzxonada shisha, butilka yoki gazlangan ichimliklarni joylashtirmang. Ular muzlab qolib 
yorilishi mumkin. Ichimliklarning yorilgan idishlari jarohat yetkazishi mumkin.
-  Muzlatilgan mahsulotlarning eng ko'p saqlash vaqti va yaroqlilik muddatlariga amal qiling.
•  Muzxonada shisha, butilka yoki gazlangan ichimliklarni joylashtirmang.
-  Konteyner muzlashi va sinishi, bu esa jarohatlanishga olib kelishi mumkin.
•  Muzlatkich bo'lmasiga gazlangan yoki vijillovchi ichimliklarni qo'ymang. Shisha yoki shisha 
idishlarni muzlatgich kameraga qo'ymang.
-  Shisha ichidagi suyuqlik muzlaganda u chil-chil sinib, shaxsiy tan jarohati yoki mulkka zarar 
yetkazishi mumkin.
•  Xizmat kafolati va modifikatsiya.
-  Ushbu mukammal jihozga 3-shaxslar tomonidan kiritilgan o‘zgartirishlar va modifikatsiyalar 
na Samsung xizmat ko‘rsatish kafolati bilan qoplanadi va na Samsung ushbu kiritilgan 
o‘zgartirishlar natijasida yuzaga kelgan xavfsizlik muammolari va shikastlanishlarga 
majburiyatni o‘z bo‘yniga oladi.
•  Muzlatgich ichidagi havo yo'llarini to'sib qo'ymang.
-  Agar havo almashtirish tirqishlari ayniqsa plastik paketlar bilan to'sib qo'yilsa, muzlatigich 
ortiqcha sovub ketishi mumkin. Agar ushbu sovitish davri haddan tashqari uzoq vaqt davom 
etsa, suv filtri buzilishi va suvning chiqib ketishiga sabab bo'lishi mumkin.
•  Faqat muzlatgichning o'zida mavjud muz qurilmasidan foydalaning.
•  Ichkaridagi oshiqcha namlikni artib oling va eshiklarni ochiq qoldiring.
-  Aks holda hid va mog'or paydo bo'lishi mumkin.
•  Agar muzlatgich elektr ta'minotidan uzilgan bo'lsa, uni qayta ulash uchun kamida besh daqiqa 
kutishingiz kerak bo'ladi.
•  Muzlatgichga suv tekkanda elektr quvvati vilkasini chiqarib oling va Samsung Electronics xizmat 
markaziga murojaat qiling.
•  Har qanday shishali yuzaga zarba bermang yoki qattiq kuch ishlatmang.
-  Singan shisha odamga jarohat va/yoki mulkka zarar yetkazishi mumkin.
•  Suv idishi va muz bo'laklari shakl beruvchilarni faqat ichimlik suvi bilan to'ldiring (vodoprovod 
suvi, mineral suv yoki tozalangan suv).
-  Suv bakini choy yoki energetik ichimliklar bilan to'ldirmang. Bu muzlatgichni shikastlashi 
mumkin.
Untitled-20   11
2016-03-16     3:34:49