Samsung MS22M8074AT User Manual

Page of 144
O'zbek  11
Pechdan foydalanish
Mikroto'lqinli pechning ishlash tamoyili
Mikroto'lqinlar yuqori chastotali elektromagnit to'lqinlardir; mikroto'lqinlardan ajralib chiqadigan quvvatlar taomlarni 
tayyorlash yoki ularning shakli va ranglarini o'zgartirmasdan isitishga imkon beradi.
Mikroto'lqinli pechdan quyidagilar uchun foydalanish mumkin:
• 
Muzdan tushirish
• 
Isitish
• 
Taom tayyorlash
Taom tayyorlash tamoyili.
1.  Magnetron tomonidan hosil qilinadigan chuqurlikdan 
qaytarilgan mikroto'lqinlar aylanuvchi patnisda taomni 
aylantirish jarayonida bir tekis taqsimlanadi. Shuning 
hisobiga taom bir tekis tayyorlanadi.
2.  Mikroto'lqinlar mahsulot ichiga 1 dyuym (2,5 sm) 
chuqurlikkacha kiradi. Keyin issiqlikning mahsulot ichida 
tarqalishi hisobiga pishirish davom ettiriladi.
3.  Tayyorlash vaqti foydalaniladigan idishlar va mahsulotning 
quyidagi xususiyatlariga bog'liq ravishda turlicha bo'ladi:
• 
Miqdori va zichligi
• 
Tarkibidagi suv miqdori
• 
Boshlang'ich harorat (mahsulotning muzlatilganligi 
yoki yo'qligi)
DIQQAT
Tayyorlanayotgan taomning markaziy qismi issiqlikning yoqilishi hisobiga tayyorlanganligi uchun taom tayyorlash jarayoni 
hattoki taom pechdan olingandan keyin ham davom ettiriladi. Shuning uchun quyidagilarni ta'minlash uchun taom 
retseptlari va ushbu yo'riqnomada ko'rsatilgan taomning kutish vaqtiga amal qilish lozim:
• 
Taomni markazigacha bir tekis tayyorlash.
• 
Taomning butun hajmi bo'yicha bir xil harorat.
Pechning to'g'ri ishlashini tekshirish
Quyida bayon qilingan oddiygina protsedura istalgan vaqtda pechning to'g'ri ishlayotganligini tekshirish imkonini beradi. 
Agar sizda pechning ishlashi to‘g‘risida shubhalar bo‘lsa, 30-sahifadagi “Nosozliklarni bartaraf etish” bo‘limiga qarang.
IZOH
Pech o'zgaruvchan tok tarmog'ining mos rozetkasiga ulangan bo'lishi kerak. Pechga aylanuvchi patnis o'rnatilgan bo'lishi 
kerak. Agar maksimal quvvatdan (100 % - 850 Vt) boshqa quvvat ishlatilsa, suv kechroq qaynaydi.
Pech eshigini oching. Aylanuvchi patnisga suv quyilgan stakanni joylashtiring. Eshikchani yoping.
Yuqoriga yoki Pastga tugmasini kerakli marta bosish orqali 
vaqtni 4 yoki 5 daqiqaga qo‘ying.
Pechdagi suv 4 yoki 5 daqiqa davomida isiydi. Keyin suv qaynashi 
kerak.
Pechdan foydalanish
Untitled-1   11
2017-03-28     12:18:04