Samsung MS22M8074AT User Manual

Page of 144
Pechdan foydalanish
22  O'zbek
Pechdan foydalanish
Kod
Oziq-ovqat
Porsiya hajmi
Tarkibi
3-6
Zanjabil va limonli 
choy
200-250 ml
Suv - 200 ml, shakar - ta’bga ko‘ra, limon - 1 parrak, zanjabil 
– ta’bga ko‘ra, choy bargi - 0,5 qoshiqcha.
Ko'rsatmalar
Choy barglarini suvga solib, ta’bga ko‘ra limon parragi va zanjabil qo‘shing. Ustini 
yopmasdan isiting. Pech ichida birmuncha vaqt qoldiring. Finjonni olayotganda 
ehtiyot bo‘ling.
3-7
Kakao
200-250 ml
Sut - 200 ml, shakar - 2 qoshiqcha, kakao - 1 qoshiqcha
Ko'rsatmalar
Sutga kakao va shakar soling. Ustini yopmasdan isiting. Pech ichida birmuncha vaqt 
qoldiring. Finjonni olayotganda ehtiyot bo‘ling.
3-8
Qaynoq shokolad
350-400 ml
Qora shokolad - 100 g, sut yoki qaymoq (10 %) - 250 ml, 
suv - 1-2 qoshiq, shakar - ta’bga ko‘ra, ko‘pirtirilgan qaymoq 
- ta’bga ko‘ra
Ko'rsatmalar
Shokoladni yanching. Suv va sut qo‘shib, aralashtiring. Aralashmani ko‘pirtiring. Ustini 
yopmasdan isiting. Pech ichida birmuncha vaqt qoldiring. Finjonni olayotganda 
ehtiyot bo‘ling.
3-9
Klyukvali mors
200 ml
Muzlatilgan klyukva - 40 g, shakar - 30 g, suv - 200 ml
Ko'rsatmalar
Muzlatilgan klyukvani mikser yordamida maydalang. Barcha masalliqlarni jomga 
soling. Tayyorlashni boshlang. Sovuting va suzgichdan o'tkazing.
3-10
Quruq 
mevalardan 
tayyorlangan 
kompot
200 ml
Turshak - 25 g, olxo‘ri qoqi - 20 g, olma qoqi - 15 g, shakar - 
10 g, limon kislotasi - 2 chimdim, qaynoq suv - 450 ml
Ko'rsatmalar
Barcha masalliqlarni katta jomga soling va qaynoq suv qo'shing. Tayyorlashni 
boshlang.
4. Sabzavot/Don
Kod
Oziq-ovqat
Porsiya hajmi
Ko'rsatmalar
4-1
Ko'k loviya
250 g
Ko'k loviyalarni chaying va tozalang. Ularni qopqoqli 
shisha idishga tekis joylashtiring. 250 g tayyorlash uchun 
30 ml (2 osh qoshiq) suv qo‘shing. Idishni aylanuvchi 
patnisning markaziga qo‘ying. Yopilgan holda pishiring. 
Tayyorlagandan keyin aralashtiring. 1-2 daqiqa kuting.
4-2
Ismaloq
150 g
Ismaloqni yuving va tozalang. Qopqoqli shisha idishga 
joylashtiring. Suv qo'shmang. Idishni aylanuvchi patnisning 
markaziga joylashtiring. Yopilgan holda pishiring. 
Tayyorlagandan keyin aralashtiring. 1-2 daqiqa kuting.
4-3
So'tali makkajo'xori
250 g
So'tali makkajo'xorini yuving va tozlalang hamda oval 
shaklidagi shisha idishga qo'ying. Mikroto'lqinli pech uchun 
mo'ljallangan plyonka bilan yoping va tirqish oching. 1-2 
daqiqa kuting.
4-4
Jigarrang guruch
125 g
Qopqoqli pechda foydalanishga mo'ljallangan katta shisha 
idishdan foydalaning. Ikki barobar miqdorda sovuq suv 
qo'shing (250 ml). Yopilgan holda pishiring. Kutish vaqtidan 
avval aralashtiring va tuz hamda ko'katlar qo'shing. 5-10 
daqiqa kuting.
4-5
Elanmagan undan 
qilingan makaron
125 g
Qopqoqli pechda foydalanishga mo'ljallangan katta shisha 
idishdan foydalaning. 500 ml qaynoq suv, bir chimdim tuz 
qo'shing va yaxshilab aralashtiring. Qopqog'ini yopmasdan 
tayyorlang. Kutib turish vaqtidan avval aralashtiring va 
dasturxonga tortishdan avval suvini qoldirmasdan to'kib 
tashlang. 1 daqiqa kuting.
4-6
Olabuta
125 g
Qopqoqli pechda foydalanishga mo'ljallangan katta shisha 
idishdan foydalaning. Ikki barobar miqdorda sovuq suv 
qo'shing (250 ml). Yopilgan holda pishiring. Kutish vaqtidan 
avval aralashtiring va tuz hamda ko'katlar qo'shing. 1-3 
daqiqa kuting.
Untitled-1   22
2017-03-28     12:18:06