Samsung MS22M8074AT User Manual

Page of 144
O'zbek  29
Taom tayyorlash bo'yicha yo'riqnoma
Mikroto‘lqinlar
Mikroto'lqinlar quvvati taomda mavjud bo'lgan suv, yog' va shakarga tortilgan va singgan holda deyarli taomning ichiga 
kiradi. Mikroto'lqinlar taom molekulalarini tezroq tebranishga majbur qiladi. Bu molekulalarning tez tebranishlari sirpanish 
hosil qiladi, sirpanish natijasida hosil bo'lgan issiqlik esa taomni pishiradi.
Taom tayyorlash
Mikroto'lqinli pech uchun oshxona idishlari:
Oshxona idishlari tayyorlashning eng yuqori darajada samarali bo'lishini ta'minlash uchun mikroto'lqinlarga o'zlari orqali 
o'tishiga imkon berishlari kerak. Mikroto'lqinlar zanglamaydigan po'lat, alyuminiy va mis kabi metallardan qaytadi, biroq 
ular sopol, shisha, chinni va plastmassa hamda qog'oz va yog'ochlardan o'ta oladilar. Shuning uchun tayyorlashda metall 
idishlardan foydalanish taqiqlanadi.
Mikroto'lqinli pechda tayyorlash mumkin bo'lgan mahsulotlar:
Mikroto'lqinli pechda mahsulotlarning juda ko'p turlarini, jumladan yangi uzilgan yoki muzlatilgan sabzavotlar, mevalar, 
makaron mahsulotlari, guruch, dukkakli mahsulotlar, baliq va go'sht kabilarni tayyorlash mumkin. Mikroto'lqinli pechda 
yana souslar, qaynatilgan kremlar, sho'rvalar, bug'li pudinglar, konservalar, ziravorlarni ham tayyorlash mumkin. Umuman 
olganda oshxona plitasida tayyorlanadigan har qanday taomlarni mikroto'lqinli pechda tayyorlash mumkin. Masalan, yog' 
yoki shokoladni eritish mumkin (maxsus maslahatlar berilgan bo'limga qarang).
Tayyorlash vaqtida qopqoqdan foydalanish
Tayyorlash vaqtida taomning ustini yopib qo'yish juda muhim, chunki bug'lanayotgan suv tayyorlash jarayoniga o'z 
hissasini qo'shuvchi bug'ga aylanadi. Taomni turli usullarda o'rash mumkin, masalan, keramik idish, plastik qopqoq yoki 
mikroto'lqinga mos keladigan oziq-ovqat plyonkasi.
Kutish vaqti
Tayyorlash nihoyasiga yetgandan keyin taomning barcha qismlari bo'yicha haroratning tenglashishi uchun biroz kutish 
juda muhimdir.
Suyuqlik va taomlarni isitish
Jadvalda ko'rsatilgan quvvat darajalari va vaqt oraliqlaridan isitishdagi qo'llanma sifatida foydalaning.
Oziq-ovqat
Porsiya hajmi
Quvvat
Vaqt (daq.)
Ichimliklar (qahva, 
choy va suv)
150 ml (1 piyola)
250 ml (1 stakan)
850 Vt
1-1½
1½-2
Ko'rsatmalar
Suyuqlikni sopol idishga quying va qopqog'ini yopmagan holda isiting. Idish/stakanni 
aylanuvchi patnisning markaziga joylashtiring. Kutish vaqti davomida pechning ichida 
qoldiring va yaxshilab aralashtiring. 1-2 daqiqa kuting.
Sho‘rva (sovitilgan)
250 g
850 Vt
3-3½
Ko'rsatmalar
Chuqur sopol tarelkaga quying. Plastmassa qopqoq bilan yoping. Isitgandan keyin yaxshilab 
aralashtiring. Dasturxonga tortishdan avval yana aralashtiring. 2-3 daqiqa kuting.
Dimlangan 
go'sht yoki baliq 
(sovutilgan)
350 g
600 Vt
5½-6½
Ko'rsatmalar
Dimlangan go'sht yoki baliqni chuqur sopol idishga soling. Plastmassa qopqoq bilan yoping. 
Isitish vaqtida vaqti-vaqti bilan aralashtirib turing va kutish vaqtidan hamda dasturxonga 
tortishdan avval yana aralashtiring. 2-3 daqiqa kuting.
Sousli makaron 
mahsulotlari 
(sovutilgan)
350 g
600 Vt
4½-5½
Ko'rsatmalar
Makaron mahsulotlarini (masalan, spagetti yoki tuxumli ugra) tekis sopol idishga soling. 
Mikroto'lqinli pech uchun mo'ljallangan yopishqoq plyonka bilan yoping. Dasturxonga 
tortishdan avval aralashtiring. 3 daqiqa kuting.
Masalliqli 
sousli makaron 
mahsulotlari 
(sovutilgan)
350 g
600 Vt
5-6
Ko'rsatmalar
Masalliqli un mahsulotini (masalan, ravioli, chuchvara) chuqur sopol idishga soling. Plastmassa 
qopqoq bilan yoping. Isitish vaqtida vaqti-vaqti bilan aralashtirib turing va kutish vaqtidan 
hamda dasturxonga tortishdan avval yana aralashtiring. 3 daqiqa kuting.
Tayyor taom 
(sovutilgan)
350 g
600 Vt
5½-6½
Ko'rsatmalar
2-3 ta sovutilgan masalliqlardan qilingan taomni sopol idishga soling. Mikroto'lqinli pech 
uchun mo'ljallangan yopishqoq plyenka bilan yoping. 3 daqiqa kuting.
Makaron 
mahsulotlari 
(muzlatilgan) 
(kannelloni, 
makaronlar, lazanya)
400 g
1 bosqichli: 450 Vt
2 bosqichli: 180 Vt
15-15½
2-3
Ko'rsatmalar
Muzlatilgan makaron mahsulotlarini kichkina to'rtburchak issiqqa chidamli shishadan qilingan 
idishga joylashtiring. Idishni to'g'ridan-to'g'ri aylanuvchi patnisga qo'ying. 2-3 daqiqa kuting.
Taom tayyorlash bo'yicha yo'riqnoma
Untitled-1   29
2017-03-28     12:18:08