Samsung MS22M8074AT User Manual

Page of 144
Pechdan foydalanish
16  O'zbek
Pechdan foydalanish
Avtomatik sensorli tayyorlash bo'yicha ko'rsatmalar
Avtomatik sensorli tayyorlash sizga tayyorlash vaqtida taomdan chiqayotgan gazlar miqdorini aniqlash orqali taomni 
avtomatik tayyorlashingizga imkon beradi.
• 
Taom tayyorlash vaqtida ko'pgina turdagi gazlar hosil bo'ladi. Avtomatik sensor tayyorlash vaqti va quvvat darajasini 
o'rnatish ehtiyojini yo'q qilgan holda taomdan chiqayotgan shu gazlarni aniqlash orqali kerakli vaqt va quvvat 
darajasini belgilaydi.
• 
Sensorli tayyorlash vaqtida konteynerni qopqog'i yoki plastik o'rama bilan yopganingizda Avtomatik sensor 
konteyner bug' bilan to'yinganidan keyin hosil bo'ladigan gazlarni aniqlaydi. Oziq-ovqat plyonkasi yoki plastik o‘ram 
ishlatsangiz, havo aylanishi uchun idish chekkasida ochiq joy qoldiring yoki bir necha marta teshib qo‘ying.
• 
Tayyorlash tuggalanishidan biroz avval qolgan tayyorlash vaqti teskari tartibda sanala boshlanadi. Bu zarur bo'lgan 
hollarda tekis tayyorlanishi uchun taomni aralashtirish yoki ag'darishga mos vaqtdir.
• 
Avtomatik sensorli tayyorlashdan avval taomga ziravorlar, o'tlar yoki qizartiruvchi souslar qo'shilishi mumkin. Ehtiyot 
chorasi sifatida aytib o'tish kerakki, tuz yoki shakar taomda kuygan joylarni hosil qilishi mumkin, shuning uchun 
ushbu masalliqlar tayyorlashdan keyin qo'shilishi kerak.
• 
Ushbu funksiyada yaxshi tayyorlash natijalarini olish uchun ushbu kitobdagi jadvalda berilgan mos konteynerlar va 
qopqoqlarni tanlash bo'yicha yo'riqnomalarga amal qiling.
• 
Doimo mikroto'lqinlarga nisbatan xavfsiz bo'lgan konteynerlardan foydalaning va ularni o'zlarining qopqoqlari yoki 
plastik o'ramlar bilan yoping. Plastik o'ramdan foydalanganda bug'ning mos tezliklarda chiqib turish uchun bir uchini 
qayrib qo'ying.
• 
Doimo foydalanilayotgan idishga mo'ljallangan qopqoqdan foydalaning. Agar idishning qopqog'i mavjud bo'lmasa, 
plastik o'ramdan foydalaning.
• 
Konteynerlarni kamida yarmigacha to'ldiring.
• 
Aralashtirish yoki ag'darishni talab qiladigan taomlarni Sensorli tayyorlash siklining oxirida displeyda vaqtni teskari 
tartibda sanash boshlangandan keyin aralashtirish yoki ag'darish kerak.
Rus taomlari funksiyalaridan foydalanish
Русская кухня (Rus taomlari) xususiyatlari 50 ta avvaldan dasturlangan tayyorlash vaqtlariga ega. Ular uchun tayyorlash 
vaqtini yoki quvvat darajasini belgilash talab etilmaydi. Yuqoriga yoki Pastga tugmasini bosib, porsiya turini o‘zgartirish 
mumkin.
DIQQAT
Faqat mikroto'lqinli pechda foydalanish uchun xavfsiz bo'lgan qabul qiluvchilardan foydalaning.
Avval tayyorlanayotgan taomni aylanuvchi patnisning markaziga qo'ying va eshikchani yoping.
1
1.  Русская кухня (Rus taomlari) tugmasini bosing.
2
2
3
2.  Yuqoriga yoki Pastga tugmasini bosib, tayyorlanayotgan 
taom turini tanlang. Keyin Выбор (Tanlash) tugmasini 
bosing.
1)  Rus menyulari
2)  Sho'rva
3)  Ichimliklar
4)  Sabzavot/Don
5)  Parranda go'shti/Baliq
3.  Yuqoriga yoki Pastga tugmasini bosib, tayyorlanayotgan 
taom turini tanlang. (Yon tomondagi jadvalga qarang.)
4
4.  СТАРТ/+30СЕК (BOSHLASH/+30s) tugmasini bosing.
Taom avvaldan dasturlashtirilgan parametrlarga muvofiq 
tayyorlanadi.
1)  Pech 4 marta tovushli signal beradi.
2)  Ovqat tayyorlash jarayoni yakunlanganini eslatuvchi 
tovushli signal 3 marta (bir daqiqa intervali bilan) 
beriladi.
3)  Displey yana joriy vaqtni ko'rsatadi.
Untitled-1   16
2017-03-28     12:18:06