Samsung MS22M8074AT User Manual

Page of 144
Pechdan foydalanish
18  O'zbek
Pechdan foydalanish
Kod
Oziq-ovqat
Porsiya hajmi
Tarkibi
1-7
Olxo'ri qoqili 
tovuq oyoqchalari
325 g
2 dona
Yupqa to‘g‘ralgan piyoz - 15 g, yupqa to‘g‘ralgan sabzi - 
20 g, tovuq oyoqchasi - 2 dona (160-180 g), qora olxo‘ri 
- 5-7 dona (50 g), tovuq bulyoni yoki quruq konsentratli 
suv - 200 ml
Ko'rsatmalar
Piyoz va sabzini chuqur tarelkaga soling. Ustidan tovuq oyoqchalarini qo'ying, qora 
olxo'ri va bulon qo'shing. Idishni mikroto'lqinli pechga joylashtiring. Tayyorlashni 
boshlang. Pech tovushli signal berganida oyoqchalarni ag'daring va tayyorlash 
jarayonini davom ettiring.
1-8
Xantal sousi 
qo'shilgan 
cho'chqa bo'yni
250 g
01  Cho‘chqa bo‘yni - 150 g, qirilgan sabzi - 20 g, 
to‘g‘ralgan piyoz - 20 g, tovuq go‘shtidan 
tayyorlangan bulon yoki suvga aralashtirilgan bulon 
kubikchasi - 100 ml
02  Sous uchun aralashma: Un - 5 g, dijon xantali - 20 g, 
smetana - 30 g, suv - 50 ml
Ko'rsatmalar
Go'shtni uzun bo'lakchalarga kesing, sabzavotlarni tayyorlang va tovuq bulonini (01) 
qo'shing. Uni chuqur tarelkaga soling. Yaxshilab aralashtiring va tayyorlashni boshlang. 
Sous uchun barcha masalliqlarni tayyorlang (02). Pech tovushli signal berganida 
aralashmani go'shtli bulonga quying, aralashtiring va tayyorlash jarayonini davom 
ettiring.
1-9
Pishirilgan 
kartoshka
140-180 g
1-2 dona
Yirik kartoshka – 160-200 g (1-2 dona)
Ko'rsatmalar
Kartoshkani yuving va po'stini arting. Uni mikroto'lqinli pechga joylashtiring. 
Tayyorlashni boshlang. Dasturxonga tortishdan avval kesing. Dasturxonga tortishdan 
avval sariyog', smetana, pishloq yoki ta'bga ko'ra boshqa ziravorlar qo'shing.
Kod
Oziq-ovqat
Porsiya hajmi
Tarkibi
1-10
Ratatuy
260 g
Kubik shaklida to‘g‘ralgan sukkini - 100 g, kubik shaklida 
to‘g‘ralgan sabzi - 60 g, kubik shaklida to‘g‘ralgan bulg‘or 
qalampiri - 75 g, kubik shaklida to‘g‘ralgan piyoz - 45 g, 
mayda to‘g‘ralgan sarimsoqpiyoz - 6 g, tomat pastasi - 10 g, 
(mayoran yoki rayhon - ta’mga ko‘ra), sabzavot bulyoni yoki 
quruq konsentratli suv - 130 ml
Ko'rsatmalar
Barcha masalliqlarni jomga soling. (Mayoran yoki rayhon qo'shing). Yaxshilab 
aralashtiring. Tayyorlashni boshlang.
1-11
Ruscha eski 
usuldagi baliq
340 g
01  Mayda to‘g‘ralgan lavlagi - 30 g, mayda to‘g‘ralgan 
sabzi - 30 g, mayda to‘g‘ralgan piyoz - 15 g, Baliq/
Tovuq bulyoni yoki suvga aralashtirilgan quruq 
konsentrat - 200 ml
02  Sous uchun aralashma: Un - 10 g, tomat pastasi - 10 
g, smetana - 30 g, suv - 50 ml
03  Karp yoki sudak filesi - 150 g, dafna bargi - 1 dona
Ko'rsatmalar
Barcha masalliqlarni ichi chuqur jomga joylashtiring va qaynagan bulon qo'shing. (01) 
Tayyorlashni boshlang. Pech tovushli signal berishi bilan aralashtiring va sabzavot va 
bulyonli "sous uchun aralashma"ni qo‘shing. (02) Baliq va dafna bargini qo‘shing (03). 
Tayyorlash jarayonini davom ettiring.
1-12
Losos steyki 
kapalagi pashoti
125 g
Losos steyki kesimi - 150-170 g, tuz - 1 g, suv - 20 g 
(ta’bingizga ko‘ra siqilgan limon/apelsin sharbati - 10 g)
Ko'rsatmalar
Losos steykiga ziravorlar qo'shing. Uni idishga qo'ying va suv qo'shing. (O'zingiz 
xohlagan sharbatdan foydalaning). Mikroto'lqinli pechga qo'ying va tayyorlashni 
boshlang.
Untitled-1   18
2017-03-28     12:18:06